“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 05:40
ЎЗO‘Z

Rossiya hukumati prezidentlik saylovlariga tayyorgarlik boshlanganini e’lon qildi

17 okt, 10:59 3 836 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rossiya hukumati prezidentlik saylovlariga tayyorgarlik boshlanganini e’lon qildi Rossiya hukumati rejalashtirilayotgan prezidentlik sayloviga tayyorgarlik ko‘rish boshlangani rasmiy e’lon qilingan qaror loyihasini ishlab chiqdi va saylov kampaniyasi davomida vazirliklar va idoralarga ko‘rsatmalar berdi. RBK ma’lumotiga ko‘ra, tegishli hujjat «Saylov komissiyalariga prezidentlik saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishda o‘z vakolatlarini amalga oshirishda yordam berish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi nom bilan normativ-huquqiy hujjatlar portalida e’lon qilindi.

Loyiha jami 37 band bor. Tegishli tushuntirish ma’lumotnomasida saylovchilar ro‘yxatini tuzish va aniqlashtirish, saylov uchastkalarini shakllantirish, saylov hujjatlari va boshqa narsalarni taqdim etishda tegishli idoralar, jumladan Ichki ishlar vazirligi, Federal xavfsizlik xizmati, Rosgvardiya, Adliya vazirligi, Federal Soliq xizmati, Energetika vazirligi, Pensiya jamg‘armasi va boshqalarning ko‘mak ko‘rsatish choralari belgilab qo‘yilgan.

Ma’lumotnomada ta’kidlanishicha, hujjat Rossiya Federatsiyasida prezidentlik saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan. «Qaror loyihasi bilan federal ijro hokimiyati organlari, boshqa davlat idoralari va muassasalarning prezidentlik saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha turli darajadagi saylov komissiyalari bilan o‘zaro hamkorlikning yo‘nalishlarini belgilab beruvchi qoidalar o‘rnatildi», - deyiladi hujjatda.

Hujjat saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish jarayonida huquqni muhofaza qilish organlari va maxsus xizmatlar tomonidan jamoat tartibini hamda umumiy xavfsizlikni ta’minlashni belgilab qo‘ydi. Loyihada ko‘rsatilishicha, saylov uchastkalarini qo‘riqlash «beg‘araz asosda» bo‘lishi kerak. Qarorda alohida e’tibor imkoniyati cheklangan shaxslarga, harbiy xizmatchilarga, tergov izolyatorida saqlanayotganlar va boshqalarga ovoz berish huquqi bilan ta’minlash zarurligiga qaratilgan.

Qaror loyihasiga ko‘ra Roskomnadzor, Rosgvardiya, FXX, Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligi «noqonuniy tashviqot, jumladan, ekstremistik faoliyatni to‘xtatish, yolg‘on hamda noqonuniy saylov kampaniyasi materiallarini tayyorlashga yo‘l qo‘ymaslik, ushbu materiallarning ishlab chiqaruvchilari va tarqatuvchilari, ularga to‘lov manbalarini aniqlash» bo‘yicha ishlar olib boradi.

Shuningdek, tashqi siyosat idorasiga ham ko‘rsatmalar berildi. U saylov komissiyasining iltimosiga binoan, Rossiya prezidenti lavozimiga nomzodlarda chet el fuqaroligining mavjudligi yoki xorijda yashash huquqi to‘g‘risida ma’lumot taqdim etishga majburdir.

Rossiyada prezidentlik saylovi 2018 yil 18 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Davlat rahbari lavozimiga nomzodlar 7 dekabrdan 17 dekabrgacha qadar bo‘lgan muddatda o‘zlarining saylovoldi kampaniyalarini boshlaydilar. Fevralda RBK’ning ikki federal manbasi Kreml yaqinlashib kelayotgan saylovlarga Vladimir Putin yangi muddatga o‘z nomzodini qo‘yishini e’tiborga olgan holda tayyorgarlik ko‘rayotganini aytib o‘tishgandi. Yana bir manbaning qayd etishicha, agar 2018 yilda Putin o‘z nomzodini qo‘ysa, u g‘alaba qozonishi mumkin, ammo 70 foizdan ziyod ishtirokni ta’minlash muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qo‘shtepa kanali qurilishi butun Markaziy Osiyoga tahdid solmoqda 29 mar, 05:00 2
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir kishi ushlandi 29 mar, 00:30 111
  • Nima uchun «Krokus»da kerakli pallada xavfsizlik kuchlari yo‘q edi? 29 mar, 00:11 102
  • Zelenskiy: “Agar snaryadlar yetarli bo‘lmasa, Ukraina Rossiya hujumini qaytara olmaydi” 28 mar, 23:45 69
  • Mijozlarni 1,8 mlrd dollarga aldagan kriptovalyuta birjasi asoschisi 25 yilga qamaldi 28 mar, 23:04 40
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 186
  • So'nggi yangiliklar
  • Qo‘shtepa kanali qurilishi butun Markaziy Osiyoga tahdid solmoqda 29 mar, 05:00 1
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir kishi ushlandi 29 mar, 00:30 111
  • Nima uchun «Krokus»da kerakli pallada xavfsizlik kuchlari yo‘q edi? 29 mar, 00:11 101
  • Zelenskiy: “Agar snaryadlar yetarli bo‘lmasa, Ukraina Rossiya hujumini qaytara olmaydi” 28 mar, 23:45 69
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 59
  • Mijozlarni 1,8 mlrd dollarga aldagan kriptovalyuta birjasi asoschisi 25 yilga qamaldi 28 mar, 23:04 40
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 35
  • Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi 28 mar, 22:51 41
  • Nima uchun olimlar ayollarga vaqti-vaqti bilan yig‘lab turishni tavsiya qiladi? 28 mar, 22:22 40
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 186
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 301
  • Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin 28 mar, 21:02 26
  • Bo‘limlar