“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 17:56
ЎЗO‘Z

O‘FFning yangi prezidenti Qatarda uchrashuvlar o‘tkazmoqda

17 okt, 00:12 5 395 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘FFning yangi prezidenti Qatarda uchrashuvlar o‘tkazmoqda O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov Qatar Futbol Uyushmasining Prezidenti Shayx Hamad bin Xalifa bin Ahmad Ol Taniyning taklifiga ko‘ra Dohaga xizmat safari uyushtirib, dunyodagi eng yaxshi futbol akademiyalaridan biri sanalgan «Aspire» akademiyasiga tashrif buyurdi.

«Aspire» bizda juda katta taassurot qoldirdi. Ertaga Qatar Futbol Uyushmasi bilan memorandum imzolanishi oldidan, o‘ylaymanki, bugungi safar juda samarali bo‘ldi. Biz ikki mamlakatda bolalar-o‘smirlar futbolini rivojlantirish maqsadida ushbu akademiya bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirganmiz», deya Umid Ahmadjonovning so‘zlarini keltirgan O‘FF matbuot xizmati.


Umid Ahmadjonov bugun, shuningdek, «Aspetar» sportga ixtisoslashgan tibbiyot markazida bo‘ldi. O‘FF delegatsiyasi markaz faoliyati bilan yaqindan tanishib, «Aspetar»ning O‘zbekiston futboli uchun foydali jihatlarini yaqindan o‘rganishga muvaffaq bo‘ldi.





Umid Ahmadjonov 17 oktyabr kuni Dohada Qatar Futbol Uyushmasi prezidenti shayx Hamad bin Xalifa Ahmad Ol Taniy bilan uchrashadi. Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Qatar futboli rahbarlari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolanishi kutilmoqda.

Qatar safari Umid Ahmadjonovning O‘FF prezidenti etib saylanganidan beri amalga oshirgan uchinchi xorijiy safaridir. Bunga qadar Umid Ahmadjonov FIFA prezidenti Janni Infantino va BAA futbol uyushmasi vitse-prezidenti Abdulla Nosir al-Junaybiy bilan uchrashgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentning “Bunyodkor” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi 28 mar, 17:00 2
  • Sensatsiya ko‘targan bokschi Bahodir Jalolov oldida “ip esholmadi”, biroq... 28 mar, 00:00 867
  • Eldor Shomurodovning jarohatiga oydinlik kiritildi, lekin... 27 mar, 21:05 665
  • “Bunyodkor” stadionida o‘sha xunuk holat yana takrorlandi 27 mar, 17:43 1 026
  • Yevro-2024: barcha ishtirokchi jamoalar ma’lum bo‘ldi 27 mar, 07:49 264
  • Gruziya ilk marotaba Yevropa chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 27 mar, 02:20 211
  • So'nggi yangiliklar
  • Lezviya bilan badanini kesgan yigit hodisasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi 28 mar, 16:44 0
  • Qandli diabet kasalligida ro‘za tutsa bo‘ladimi? 28 mar, 16:20 0
  • 29 mart kuni O‘zbekiston hududida qanday ob-havo kutilmoqda? 28 mar, 15:53 12
  • Jizzaxda ikki rahbar 64 gektar yerni sotayotganda qo‘lga olindi 28 mar, 15:30 10
  • Rossiya NATO bilan jang qilish niyatidami? Putin nima deb javob berdi? 28 mar, 15:07 106
  • Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi 28 mar, 14:43 23
  • Toshkentda 29 mart kuni «Avtomobilsiz kun» tadbiri o‘tkaziladi 28 mar, 14:24 20
  • AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi 28 mar, 14:00 48
  • Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi? 28 mar, 13:31 288
  • Rossiya FVV: Crocus'dagi terakt: qurbonlar soni 143 kishiga yetdi 28 mar, 13:10 66
  • Usmonovning shikoyati bo‘yicha Germaniyada ikki prokurorga nisbatan ish ochildi 28 mar, 12:49 132
  • Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda 28 mar, 12:00 450
  • Bo‘limlar