“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 09:12
ЎЗO‘Z

MIB rahbarlari Prezidentga trillion so‘mlik hisobot berdi

14 okt, 13:03 12 081 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
MIB rahbarlari Prezidentga trillion so‘mlik hisobot berdi Kecha, 13 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida sanoat va ijtimoiy soha ob’ektlari, aholini tabiiy gaz, elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash, bu boradagi qarzdorlikni bartaraf etish, ushbu yo‘nalishdagi amaliy chora-tadbirlarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Prezident rasmiy veb-saytida berilgan xabarga ko‘ra, yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi rahbariyati va tegishli mutasaddilar hisoboti tinglangan.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Bosh prokuror, “O‘zbekenergo”, “O‘ztransgaz” kompaniyalari rahbarlari, mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etgan.

Aholi, ishlab chiqarish ob’ektlari, ijtimoiy muassasalarni tabiiy gaz, elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash, bu boradagi to‘lovlarning amalga oshirilishida bugungi holat va muammolar yig‘ilishning asosiy mavzusi bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyevning 29 maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan sohadagi ishlar tubdan takomillashtirilib, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosi tashkil etildi.

Farmon asosida Adliya vazirligi huzurida faoliyat yuritgan Sud departamentining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan vazifa va vakolatlari Byuroga o‘tkazildi. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish Byuroning davlat ijrochilari tomonidan amalga oshirilmoqda.

Majburiy ijro byurosining faoliyati natijasida joriy yilning iyun-sentyabr oylarida 5 trillion 400 milliard so‘m qarzdorlik undirildi. Uning 3 trillion 400 milliard so‘mi elektr energiyasi, 2 trillion so‘mi tabiiy gaz hisobiga to‘g‘ri keladi.

Jismoniy va yuridik shaxslar bilan olib borilayotgan tushuntirish-targ‘ibot ishlari bunday natijalarga erishish imkonini bermoqda. O‘tgan davrda davlat byudjetiga 171 milliard so‘m zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan 182 jinoiy holat aniqlangan va ularga nisbatan tegishli choralar qo‘llanilgan.

Davlat rahbari yig‘ilishda Majburiy ijro byurosi faoliyatini yanada takomillashtirish, sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng jalb etish, sanoat tarmoqlari mutasaddilari, mahalla faollari bilan hamkorlikni kengaytirish kabi muhim vazifalar bo‘yicha topshiriqlar berdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 0
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 0
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 7
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 52
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 98
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 366
  • So'nggi yangiliklar
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 0
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 0
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 0
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 7
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 7
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 52
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 126
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 77
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 182
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 94
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 34
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 50
  • Bo‘limlar