“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 14:34
ЎЗO‘Z

Qozog‘iston tashqi qarzi 7 oydan beri to‘xtovsiz o‘sib bormoqda

11 okt, 13:08 8 105 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qozog‘iston tashqi qarzi 7 oydan beri to‘xtovsiz o‘sib bormoqda 2017 yil 1 iyul holatiga ko‘ra, Qozog‘iston tashqi qarzi 167,8903 mlrd. dollarni tashkil etdi, deya xabar berdi Qozog‘iston Milliy bankining matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga qaraganda, ushbu miqdorda davlat va davlat tomonidan kafolatlangan tashqi qarzlar 13,9576 milliard dollarni tashkil etadi. Bu tashqi qarzning 8,3 foiziga teng. Ushbu miqdordan davlatning tashqi qarzi 13,241 mlrd. dollardir.

Ta’kidlash joizki, davlat va davlat tomonidan kafolatlangan tashqi qarz 2017 yilning apreliga nisbatan kamaygan. O‘shanda bu ko‘rsatkich 14,1139 milliard dollarni tashkil etgandi. Eslatib o‘tamiz, 2017 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra Qozog‘iston tashqi qarzi 163,715 milliard dollarni tashkil qilgan.

«Alpari» kompaniyasining tahlil departamenti rahbari o‘rinbosari Natalya Milchakova qayd etganidek, Qozog‘istonda aholi jon boshiga tashqi qarzning ko‘rsatkichi 8 740 dollarni tashkil etadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mutlaq ravishda bu raqam vaziyatdan bexabar odam uchun qo‘rqinchli ko‘rinishi mumkin, har qanday oddiy fuqaro o‘zining erkin irodasi bilan deyarli to‘qqiz ming dollarga qarzdor bo‘lishni istamaydi, biroq jahon miqyosida bu ko‘rsatkich tashvishga solmasligi kerak.

«Misol uchun, Buyuk Britaniya uchun ushbu raqam kishi boshiga 150 ming dollardan ortiq, Belgiya, Norvegiya, Finlyandiyada aholi jon boshiga 100 ming dollar, AQSh uchun 60 ming dollar, Germaniya uchun 70 ming dollardan ortiqni tashkil etadi. Rossiyada aholi jon boshiga atigi 3,5 ming dollarga teng. Afsuski, aholining ko‘pligi ham muhimdir, shuning uchun Rossiya va Xitoyda aholi jon boshiga tashqi qarz ko‘rsatkichlari juda past darajada», - deya izoh beradi tahlilchi.

Milchakovaning tushuntirishicha, aholi jon boshiga tashqi qarz ko‘rsatkichi mamlakatning va aholining qarz yuki hajmini aks ettiradi, chunki davlat ma’lum vaqt ichida qaytarilishi kerak bo‘lgan pulni chet eldan oladi. Bu ko‘rsatkich qanchalik baland bo‘lsa, tashqi qarz beruvchilarga ma’lum bir mamlakatning har bir fuqarosi shunchalik «qarzdor» bo‘ladi. Ko‘rsatkichning o‘zi hech narsaga ta’sir qilmaydi, bu faqat hukumat va chet eldan qarz olish to‘g‘risida qaror qabul qiladigan hukumatning iqtisodiy bloki uchun indikator.

MDH mamlakatlari orasida, Xalqaro iqtisodiy forumga ko‘ra, Ukraina tashqi qarzlarning hajmi bo‘yicha 80,2 foizlik ulush bilan birinchi o‘rinni egallaydi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rin Qirg‘iziston (68,8 foiz), uchinchi pog‘ona esa Armanistonga (46,6 foiz) tegdi. Reytingda to‘rtinchi o‘rinni Moldova (42 foiz) egalladi. Ozarboyjon (36,1 foiz) beshtalikni yakunlab bergan bo‘lsa, Tojikiston oltinchi o‘rindan joy oldi. Yettinchi o‘rinni Qozog‘iston 23,3 foizlik ulush bilan egalladi. Rossiya (17,7 foiz) sakkizinchi. O‘zbekiston borasidagi ma’lumotlar taqdim etilmagan.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 77
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 54
  • Malayziya O‘zbekistonda elektrotexnika sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshirmoqchi 20 apr, 21:14 68
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 116
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 217
  • O‘zbekistonda 1 gramm oltin narxi 1 mln so‘mdan oshdi 17 apr, 19:48 142
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 0
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 75
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 21
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 54
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 109
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 50
  • Xose Venansio Lopes: Raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz 25 apr, 11:05 141
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 53
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 152
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 59
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 107
  • Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi 25 apr, 09:10 55
  • Bo‘limlar