“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 05:17
ЎЗO‘Z

Toshkentda Tojikiston madaniyati kunlari boshlandi

11 okt, 10:24 8 952 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda Tojikiston madaniyati kunlari boshlandi O‘zbek va tojik xalqlarini do‘stlik, yaqin qo‘shnichilik aloqalari bilan birga ko‘p asrlik madaniy rishtalar bog‘lab turadi.

10–14 oktyabr kunlari Toshkent shahrida Tojikiston madaniyati kunlari o‘tkazilishi haqida xabar berildi.

Mazkur tadbir, ya’ni Tojikiston madaniyati kunlarining o‘tkazilishi — ikki xalq o‘rtasidagi hamkorlikning amaldagi ifodasi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Kecha, 10 oktyabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tojikistonlik bir guruh san’at va madaniyat namoyandalarini kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zA xabariga ko‘ra, Tojikiston delegatsiyasi a’zolari Toshkentdagi Hazrati Imom (Xastimom) majmuasi va O‘zbek Milliy akademik drama teatrida bo‘lgan.

Tojikiston xalq artisti Saidqul Bilolov ikki xalqning tili boshqa-boshqa bo‘lsa-da, dili, urf-odat va an’analari o‘xshash ekanini, tarixi, madaniyat va qadriyatlari mushtarakligini aytdi.

Tadbirlarning ochilish marosimi bugun, 11 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Tadbir doirasida, shuningdek, O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida tojikistonlik mo‘yqalam ustalarining ijod namunalari ko‘rgazmasi, Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonada tojik shoir va yozuvchilari kitoblarining taqdimoti, adabiy-badiiy uchrashuvlar, madaniy tadbirlar tashkil etiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 196
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 332
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 89
  • Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi 18 apr, 17:23 204
  • Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi 18 apr, 16:48 160
  • O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi 18 apr, 13:24 193
  • So'nggi yangiliklar
  • Geosiyosiy ziddiyatlar: O‘zbekiston pozitsiyasi qanday bo‘lishi kerak? 19 apr, 00:12 94
  • Germaniyada ikki nafar rus josusi qo‘lga olindi 18 apr, 23:50 125
  • Rossiyaning "qashshoqlashayotgan" milliarderlari 18 apr, 23:30 205
  • Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin “Barsa” o‘yinchilari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi 18 apr, 23:12 260
  • O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari konsert tomosha qildilar 18 apr, 22:53 99
  • Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi 18 apr, 22:30 123
  • Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi 18 apr, 22:11 149
  • Sensatsiya! U23 Osiyo Kubogi 2-turida Indoneziya Avstraliyani mag‘lubiyatga uchratdi 18 apr, 21:49 217
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 196
  • Og‘abek Sobirov, Munojat Yo‘lchiyeva, Ozodbek Nazarbekov va Yulduz Usmonova «Tojikiston xalq hofizi» bo‘ldi 18 apr, 21:20 164
  • Qirg‘izistonda inson a’zolarini sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh aniqlandi 18 apr, 21:07 218
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 332
  • Bo‘limlar