“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 18:09
ЎЗO‘Z

Organizmingizga qaysi vitamin yetishmayapti?

02 okt, 23:26 8 530 ---
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Organizmingizga qaysi vitamin yetishmayapti? Barchamizga ma’lumki, qish faslida organizmimiz zaiflashib qoladi, vitaminlarga bo‘lgan ehtiyoj esa yanada ortadi. Gipovitaminozning oldini olish uchun tanangizda bo‘layotgan o‘zgarishlarni etibordan chetda qoldirmang va shifokor bilan maslahatlashgan holda organizmga kerakli darmondorilarni yetkazib bering.

1. A vitamini. Terining quruqshashi, sochlarning siyraklashishi, tirnoqlar sinuvchanligi, labdagi yorilishlar, og‘iz bo‘shlig‘ining kasallanishi, ko‘rish qobiliyatining pasayishi, toshmalar aynan shu darmondori yetishmayotganining alomatlari hisoblanadi.

2. B1 vitamini. Diareya va qayt qilish, oshqozon-ichak faoliyatining buzilishi, ishtaha va qon bosimi tushishi, yuqori ta’sirchanlik, yurak aritmiyasi, oyoq-qo‘l uchining muzlashi, qon aylanishining buzilishi.

3. B2 vitamini.
Stomatit va og‘iz chetlarida yorilishlar, kon’yuktivit, ko‘zdan suv (yosh) oqishi va ko‘rish qobiliyatining sustlashishi, ko‘z ustki qismi pardasining hiralashuvi va yorug‘likdan qo‘rqish kasalligi, og‘iz bo‘shlig‘ida quruqlik.

4. B3 vitamini. Kuchsizlik va surunkali charchoq, doimiy bosh og‘riqlari, xavotirlilik va asabiylashish, yuqori qon bosimi.

5. B6 vitamini. Bemajollik, to‘satdan xotira sustlashishi, jigar atrofida og‘riqlar, dermatit.

6. B12 vitamini. Kamqonlik, soch to‘kilishi, gastrit.

7. S vitamin.
Immunitet tushib ketishi natijasida umumiy bemadorlik, vazn tushishi, ishtahaning yomonlashishi, milklar qonashi, shamollash va infeksiyalarga moyillik, burundan qon ketishi, og‘izdan yoqimsiz hid kelishi.

8. Vitamin D.
Bolalarda lanjlik va kamharakatlilik, uyquning buzilishi va yomon ishtaha, qaysarlik, raxit, immunitet va ko‘rish qobiliyatining sustlashishi, moddalar almashinuvining buzilishi, suyak to‘qimalaridagi muammolar.

9. D3 vitamini.
Fosfor va kalsiyning qiyin o‘zlashtirilishi, tishlarning kech chiqishi (bolalarda), uyquning buzilishi (cho‘chish, alaxsirash), mushaklar tonusining pasayishi va suyaklar sinuvchanligi.

10. Vitamin Ye. Allergiyaga moyillik, mushaklar distrofiyasi (oziqlanishining buzilishi), oyoqlardagi og‘riqlar, oshqozon yarasi va tromboflebitning paydo bo‘lishi, qadam tashlashning o‘zgarishi, pigment dog‘lar paydo bo‘lishi.

Manba: Darakchi.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qandli diabet kasalligida ro‘za tutsa bo‘ladimi? 28 mar, 16:20 68
  • Organizm uchun eng muhim element — magniyga boy mahsulotlar 27 mar, 08:57 134
  • Sochlar salomatligi va tezroq o‘sishi uchun foydali mahsulotlar 26 mar, 17:23 71
  • To‘satdan bosh aylanishi va ko‘ngil aynishi nimadan darak beradi? 26 mar, 15:08 154
  • Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik! 26 mar, 09:09 356
  • Inson terisi sog‘lom va ajinlari kam bo‘lishi uchun nima qilish kerak? 26 mar, 06:39 162
  • So'nggi yangiliklar
  • Rus nashrlari: «Krokus»da terakt uyushtirganlar narkotik ta’sirida bo‘lgan 28 mar, 17:40 29
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 10
  • Toshkentning “Bunyodkor” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi 28 mar, 17:00 79
  • Lezviya bilan badanini kesgan yigit hodisasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi 28 mar, 16:44 121
  • Qandli diabet kasalligida ro‘za tutsa bo‘ladimi? 28 mar, 16:20 68
  • 29 mart kuni O‘zbekiston hududida qanday ob-havo kutilmoqda? 28 mar, 15:53 96
  • Jizzaxda ikki rahbar 64 gektar yerni sotayotganda qo‘lga olindi 28 mar, 15:30 53
  • Rossiya NATO bilan jang qilish niyatidami? Putin nima deb javob berdi? 28 mar, 15:07 275
  • Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi 28 mar, 14:43 45
  • Toshkentda 29 mart kuni «Avtomobilsiz kun» tadbiri o‘tkaziladi 28 mar, 14:24 45
  • AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi 28 mar, 14:00 90
  • Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi? 28 mar, 13:31 426
  • Bo‘limlar