“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 16:43
ЎЗO‘Z

Forbes oxirgi o‘n yillikning eng ko‘p pul topgan sportchilari ro‘yxatini chop etdi

28 sen, 12:17 7 835 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Forbes oxirgi o‘n yillikning eng ko‘p pul topgan sportchilari ro‘yxatini chop etdi AQShning Forbes jurnali hisob-kitoblariga ko‘ra, mashhur golfchi Tayger Vuds oxirgi o‘n yillikning eng ko‘p foyda olgan 20 sportchisi orasida eng ko‘p pul topgan.

Vudsning daromadi 845 mln dollarga baholandi. Golfchi 2000-yillar oxirida yiliga 100 mln dollardan ishlab topgan. Biroq 2009 yilda sportchi rafiqasiga xiyonat qilgani fosh bo‘lgach uning barcha hamkorlari undan yuz o‘girishgan. Oxirgi ikki yil ichida bir vaqtlar 1-raqamli golfchi bo‘lgan Vuds jarohatlari tufayli ko‘pgina musobaqalarni o‘tkazib yubordi va hozirda golfchilar reytingida 292-o‘rinni egallamoqda.

Reytingda 2-o‘rinni bokschi Floyd Meyvezer egalladi. 2005-2015 yillar davomida superbokschi 660 mln dollar ishlab topgan. Bokschi bu summaning deyarli yarmini Menni Pakyaoga qarshi uchrashuvi evaziga olgan.

3-o‘rinni basketbolchi Kobi Brayant egallamoqda, u oxirgi o‘n yillik davomida 475 mln dollar ishlab topdi.

Eng ko‘p pul topgan sportchilarning yuqori o‘ntaligidan basketbolchi Lebron Jeyms (472 mln), golfchi Fil Mikelson (468 mln), tennischi Rojer Federer (455 mln), futbolchi Devid Bekxem (441 mln), bokschi Menni Pakyao (432 mln) va dunyoning ikkita eng kuchli futbolchisi Krishtianu Ronaldu (407 mln) va Lionel Messi (350 mln) o‘rin oldi.

Reytingning ikkinchi o‘ntaligiga “Formula-1” poygasining uch nafar poygachisi –Fernando Alonso, Kimi Raykkonen va Lyuis Xemilton hamda ikki tennischi – Rafael Nadal va Mariya Sharapova kiritildi.

Dunyoning eng katta haq oluvchi sportchilarining o‘n yillik davomida ishlab topgan pullarining umumiy miqdori 7,7 mlrd dollarni tashkil qildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Vadim Abramov: "Bunday sifatli va saviyali futbolchiga doim tarkibda joy topiladi" 29 mar, 11:50 184
  • Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berildi 29 mar, 10:53 326
  • So‘rovnoma: Nursulton Ro‘ziboyev 1-raunddayoq raqibini "uxlatib" qo‘yadi 29 mar, 10:25 166
  • Shohjahon Ergashev panamalik bokschini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi (video) 29 mar, 08:35 256
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 209
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 96
  • So'nggi yangiliklar
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 0
  • Fransiya razvedkasi markaziy osiyoliklarni kuzatishni kuchaytirmoqda 29 mar, 15:15 34
  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 95
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 69
  • Hibsdan vaqtincha ozod etilgan Dani Alves tonggacha ziyofat uyushtirdi 29 mar, 14:01 114
  • Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 29 mar, 13:30 40
  • Muzliklarning erishi Yerning aylanish tezligini o‘zgartirmoqda 29 mar, 13:06 153
  • Polshada Rossiya josuslik tarmog‘i ishi bo‘yicha tintuvlar o‘tkazildi 29 mar, 12:39 70
  • Samsung o‘z tarixidagi eng yaxshi selfi kamerali smartfonni namoyish etdi 29 mar, 12:12 43
  • Vadim Abramov: "Bunday sifatli va saviyali futbolchiga doim tarkibda joy topiladi" 29 mar, 11:50 184
  • Chexiya yevropalik siyosatchilarni Rossiyadan pora olish sxemasini fosh etganini da’vo qilmoqda 29 mar, 11:20 123
  • Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berildi 29 mar, 10:53 326
  • Bo‘limlar