“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 15:25
ЎЗO‘Z

Boyib ketishni xohlaganlar uchun maslahatlar

22 sen, 12:46 7 549 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Boyib ketishni xohlaganlar uchun maslahatlar Ko‘pchilik hech qanday kuch sarflamasdan, mo‘’jizaviy tarzda boyib ketishni xohlaydi. Lekin buning uchun o‘z-o‘zini nazorat qilish va doimiy ravishda o‘z ustida ishlash talab qilinadi. Quyidagi maslahatlar sizga o‘z boyligingizni ko‘paytirishga yordam beradi.

Bo‘sh vaqtingizning kamida 80 foizini o‘rganishga bag‘ishlang
Ko‘pchiligimiz barpo qiluvchilar emas, balki iste’molchilar hisoblanamiz. Ba’zilar uchun rahbariyatdan oyma-oy ish haqi olib turishning o‘zi yetarli bo‘ladi, ular kattaroq narsalarga erishishga intilmaydi.

O‘zining harakatsizligini oqlash va ishontirish uchun o‘ylab topilgan bahona — bu vaqtning yo‘qligi. Albatta, agar u o‘ylamasdan sarflansa haqiqatan ham yetishmaydi, masalan ijtimoiy tarmoqlarga yoki televizor ko‘rishga. Siz hech narsa qilmasdan turib qanday qilib boyib ketishingiz mumkin?

Yaxshisi bo‘sh vaqtingizni o‘qishga va o‘z ustingizda ishlashga sarf qiling. Bu muvaffaqiyatli kelajak va maqsadlarga erishish kalitidir. Sayyoramizning eng muvaffaqiyatli kishilari ko‘p vaqtlarini o‘rganishga ajratadi. Ular hech qachon o‘rganishni to‘xtatmaydi.

Ikkala tomon uchun ham foydali bo‘lgan strategik hamkorlikni yarating
Bu istalgan natijalarga erishishga yanada ko‘proq yordam beradi. Lekin ko‘pchilik hamkorlik qilishni emas, balki raqobat qilishni ma’qul ko‘radi. Siz yolg‘iz harakat qilganingizdan ko‘ra, kim bilandir birga kattaroq narsa barpo qilishingiz mumkin.

Sizda bir soha bo‘yicha bilim bo‘lsa, boshqa odam esa boshqa sohalar uchun zarur malakalarga ega bo‘ladi. Har ikkala tomonning mahoratlari ish beradigan loyiha rejasini tuzib chiqing.

Marketingni o‘rganing
Agar sizning o‘z ishingiz bo‘lsa, marketing ishingizni osonlashtiradi. Mijozlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Ularning diqqatini jalb qilish va saqlab qolishni bilish kerak. Ruhshunoslik va fikr almashish asoslarini o‘rganing.

Ko‘pchilikning muvaffaqiyatga erisha olmasliklari sababi — vaqtlarini bu fanlarni o‘rganishga sarf qilishni xohlamaslik.

Manba: daryo.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Oq nondan voz kechganda organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi? 22 mar, 15:13 322
  • Farzandlar uchun ota va onalarga munosabat haqida 20 mar, 00:12 212
  • Uzoq umr ko‘ruvchi insonlarning 5 ta odati 19 mar, 16:40 483
  • Xurmoning qanday foydali xususiyatlari mavjud? 18 mar, 22:30 328
  • Olimlar xotirani kuchaytiruvchi oddiy mashg‘ulotni aniqladilar 16 mar, 23:43 355
  • Nechanchi farzand bo‘lib tug‘ilish inson shaxsiyatiga ta’sir qiladimi? 16 mar, 16:50 436
  • So'nggi yangiliklar
  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 0
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 2
  • Hibsdan vaqtincha ozod etilgan Dani Alves tonggacha ziyofat uyushtirdi 29 mar, 14:01 1
  • Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 29 mar, 13:30 4
  • Muzliklarning erishi Yerning aylanish tezligini o‘zgartirmoqda 29 mar, 13:06 50
  • Polshada Rossiya josuslik tarmog‘i ishi bo‘yicha tintuvlar o‘tkazildi 29 mar, 12:39 39
  • Samsung o‘z tarixidagi eng yaxshi selfi kamerali smartfonni namoyish etdi 29 mar, 12:12 23
  • Vadim Abramov: "Bunday sifatli va saviyali futbolchiga doim tarkibda joy topiladi" 29 mar, 11:50 103
  • Chexiya yevropalik siyosatchilarni Rossiyadan pora olish sxemasini fosh etganini da’vo qilmoqda 29 mar, 11:20 90
  • Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berildi 29 mar, 10:53 237
  • So‘rovnoma: Nursulton Ro‘ziboyev 1-raunddayoq raqibini "uxlatib" qo‘yadi 29 mar, 10:25 122
  • Ronalduning libosini kiygan taniqli bloger Messiga aloqador restorandan haydab yuborildi 29 mar, 10:02 133
  • Bo‘limlar