“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 23:59
ЎЗO‘Z

AQSh Prezidentining o‘g‘li Maxfiy xizmatning kuniga 24 soatlik himoyasidan voz kechmoqchi

19 sen, 22:48 5 439 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
AQSh Prezidentining o‘g‘li Maxfiy xizmatning kuniga 24 soatlik himoyasidan voz kechmoqchi AQSh Prezidentining o‘g‘li kichik Donald Tramp Maxfiy xizmatdan o‘zini tun-u kun himoya qiladigan qo‘riqchilaridan xalos etishni so‘radi. Bu haqda CNN telekompaniyasiga tayanib, «TASS» xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh davlat rahbarining to‘ng‘ich o‘g‘li iyun oyida Bagam orollaridagi dam olish vaqtida o‘zi va oilasi butunlay qo‘riqlanmasligini so‘ragan. Maxfiy xizmat bunga rozi bo‘lmagan, ammo kichik Tramp so‘zida qat’iy turib olgan. Shundan so‘ng Prezidentning o‘g‘li va uning oilasi bir necha kun davomida yaxtada o‘z holiga tashlab qo‘yilganligi haqida Daryo.uz yozdi.

Endilikda kichik Tramp agentlardan bir sutkada 24 soat qo‘riqlamasliklarini so‘ramoqda. Uning talabi qondirilganmi yoki yo‘q hozircha bu haqida ma’lumotlar mavjud emas. Maxfiy xizmat ushbu ma’lumotni tasdiqlamadi ham, inkor etmadi ham.

Avgust oyining oxirida Maxfiy xizmatning yangi direktori Rendolf Alles «USA Today» ga bergan intervyusida xodimlarining yillik ish haqi fondi tugaganini ma’lum qilgan edi. Ming nafardan ortiq agentga mo‘ljallangan yillik ish haqi hisob-kitoblardan oshib ketgan. Bunga esa Maxfiy xizmat 42 kishini qo‘riqlashiga (ularning 18 nafari Tramp oilasi a’zolari) to‘g‘ri kelayotgani sabab qilib ko‘rsatilgan.

Barak Obama prezidentligi davrida uning qo‘riqchilari 31 kishini tashkil etardi. Tramp esa muntazam ravishda dam olish kunlarini Vashingtondan tashqarida, Florida, Nyu-Jersi va Virjiniyadagi golf-klublarda o‘tkazadi. Uning katta farzandlari ham ish yuzasidan xorijda tez-tez safar uyushtirib turishadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 14
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 80
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 24
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 151
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 69
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 25
  • So'nggi yangiliklar
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 0
  • Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi 28 mar, 22:51 0
  • Nima uchun olimlar ayollarga vaqti-vaqti bilan yig‘lab turishni tavsiya qiladi? 28 mar, 22:22 1
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 2
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 57
  • Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin 28 mar, 21:02 8
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 14
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 80
  • «Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi 28 mar, 20:00 303
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 24
  • Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari: «Savol o‘rinli, ammo biz tan olmaymiz» 28 mar, 19:30 266
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 151
  • Bo‘limlar