“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 01:50
ЎЗO‘Z

Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan chet el valyutasini sotib olish tartibini ma’lum qildi

19 sen, 10:50 5 884 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan chet el valyutasini sotib olish tartibini ma’lum qildi Yuridik shaxslar va yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan chet el valyutasini sotib olish tartibi to‘g‘risida murojaatlar kelib tushayotganligi munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagilarni ma’lum qiladi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5177-sonli Farmoniga ko‘ra 2017 yil 5 sentyabrdan:

O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari joriy xalqaro operatsiyalar (tovar, ish va xizmatlar importi, foyda repatriatsiyasi, kreditlarni qaytarish, xizmat safari xarajatlarini to‘lash va boshqa savdo xarakteriga ega bo‘lmagan o‘tkazmalar) bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish uchun tijorat banklarida chet el valyutasini cheklovsiz sotib olishlari mumkin;

iste’mol tovarlari importi bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga chet el valyutasini jismoniy shaxslar uchun o‘rnatilgan tartibda, banklardagi hisobvaraqlar orqali sotib olishga ruxsat beriladi (bunda sotib olingan xorijiy valyuta mijozning hisob raqamiga o‘tkazib beriladi va mijozga xalqaro to‘lov kartasi taqdim etiladi).

Shu munosabat bilan, yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar chet el valyutasini cheklanmagan miqdorda sotib olishlari va o‘z ixtiyorlariga ko‘ra sotib olingan mablag‘larni joriy xalqaro operatsiyalar (tovar va xizmatlar importi va b.) bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish uchun yo‘naltirishlari mumkin.

Bunda sotib olinayotgan chet el valyutasi uchun to‘lov yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan quyidagi mablag‘lar hisobidan amalga oshirilishi mumkin:

- yakka tartibdagi tadbirkorning savdo tushumi;

- bankka topshirilgan naqd mablag‘lar.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar sotib olingan valyuta mablag‘larini quyidagi yo‘llar bilan cheklovlarsiz ishlatishlari mumkin:

- mamlakatdan tashqarida xalqaro to‘lov kartalari orqali, shu jumladan bankomatlardan naqd xorijiy valyutani yechib olish yo‘li bilan;

- tasdiqlovchi hujjatlar asosida (invoys yoki to‘lov uchun hisob yoxud import shartnomasi va b.) tovarlar va xizmatlar importi uchun to‘lovni bank o‘tkazmasi orqali amalga oshirish.

Tijorat banklarining ro‘yxati va “ishonch telefonlari” raqamlarini ushbu axborotga ilova qildi. Xorijiy valyutani sotib olish bilan bog‘liq savollar yoki muammolar vujudga kelgan hollarda ko‘rsatilgan raqamlar orqali tijorat banklariga yoki Markaziy bankka murojaat qilishlarini so‘raydi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 69
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 210
  • O‘zbekistonda 1 gramm oltin narxi 1 mln so‘mdan oshdi 17 apr, 19:48 131
  • Dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 16 apr, 18:57 109
  • O‘zbekistonda xususiy mulk va mulkdorlar huquqlari himoyasi kuchaytiriladi 16 apr, 08:14 73
  • Xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 15 apr, 19:30 213
  • So'nggi yangiliklar
  • Chasiv Yar ham xavf ostida. Bu shaharni yo‘qotmaslik Ukraina uchun nega bunchalik muhim? 19 apr, 23:23 6
  • Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston hududida joylashgan Barak eksklavi aholisini ko‘chirishni yakunladi 19 apr, 22:56 107
  • Germaniya va Polsha aviakompaniyalari Tel-Avivga reyslarni bekor qildi 19 apr, 22:30 16
  • «Ko‘z o‘ngimizdagi haqiqat». Alonso qaysi jamoani tanlagan? 19 apr, 22:00 45
  • Dubayda 50 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qolib ketgani aniqlandi 19 apr, 21:30 69
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 47
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 2-turda Iroqni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi 19 apr, 20:41 120
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 45
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 200
  • Iborohimhalil Yo‘ldoshev: "Janubiy Koreya va Yaponiya terma jamoalari Osiyo kubogida favorit" 19 apr, 19:13 87
  • Shomurodov qaytgach «Yuve»dan ko‘proq ochko yig‘ayotgan «Kalyari». «Inter»dan keyin «Yuve» ham to‘xtatiladimi? 19 apr, 18:48 189
  • Isroil Madrimov mutlaq chempion Terens Kroufordga qarshi ringga ko‘tarilishi mumkin 19 apr, 18:28 68
  • Bo‘limlar