“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 14:23
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda ilk okeanarium va suv osti restorani quriladi

15 sen, 14:02 6 892 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda ilk okeanarium va suv osti restorani quriladi Davlat investitsiya qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Toshkent shahar hokimiyati va Turkiyaning Demir Group kompaniyasi o‘rtasida turizm sohasida investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzolandi. Hujjatga ko‘ra «Chorsu» mehmonxonasi to‘liq qayta qurilib, uning o‘rniga zamonaviy mehmonxona va biznes markazi quriladi.

Demir Group 33 mln dollarlik investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar hamda o‘z hisobidan ajratilgan va jalb qilingan sarmoya, tijorat banklarining mablag‘i evaziga «Chorsu» mehmonxonasini nol qiymatida xarid qiladi, deb yozadi «Kommersant» nashri.

Maxsus turistik zona «Eski shahar» nomini olib, o‘z ichiga mehmonxona, savdo markazi, hunarmandlik ustaxonalari va do‘konlarga ega turistik hudud va sog‘lomlashtirish komplekslaridan iborat bo‘ladi.

Loyihani amalga oshirish uchun xalqaro miqyosdagi mehmonxonalar tarmog‘i va brendiga ega hamkor jalb etiladi. Rejaga ko‘ra 270 ta xonaga ega to‘rt yulduzli mehmonxona, do‘konlar, spa hamda bino atrofida obodonlashtirilgan, zarur infratuzilmaga ega hudud yaratiladi.

Shuningdek, majmuaga O‘zbekistonda ilk bor okeanarium va uning ichida suv osti restorani — «Formula-park» quriladi. Majmua hududida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi «KoVork-markazi», amfiteatr, 7D hajmdagi kinoteatr, basseyn, fud-kort ham quriladi. Loyihaning amalga oshirilishi natijasida 350ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Ayni vaqtda mehmonxona hududi 1,9 gani tashkil qiladi, kengaytirish jarayonida maydon 4,9 gektarga yetishi kutilmoqda.

Xabarda aytilishicha, loyihani amalga oshirish uchun Demir Group tomonidan InterTourism QK MChJ korxonasi tashkil etiladi.

Yangi korxona 2019 yilning 31 dekabrigacha uskunalar, material, qurilish buyumlari va jihozlar, mebel va inventar uchun bojxona to‘lovlari (rasmiylashtirish to‘lovlaridan tashqari)dan ozod etilgan.

Shuningdek, InterTourism turzona ishga tushirilgandan so‘ng 7 yil muddatga daromad, mol-mulk, yer, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilma, shuningdek Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Respublika yer jamg‘armasiga majburiy to‘lov hamda soliqlardan ozod etiladi.

«Eski shahar» hududida yaratiladigan tadbirkorlik ob’ektlari, do‘kon va boshqalar 3 yilga daromad, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilma, mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliqdan ozod etiladi.

«Chorsu» mehmonxonasining tiklanishi ko‘rsatmasi Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan, uning Shayxontohur tumaniga amalga oshirilgan tashrifi davomida berildi.

Toshkentdagi «Chorsu» mehmonxonasi ko‘p yillardan buyon bo‘sh turibdi. Ayni vaqtda bino Toshkent hokimiyati binolaridan foydalanish departamenti tasarrufida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 6
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 74
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 41
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 90
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 47
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 159
  • So'nggi yangiliklar
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 1
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 1
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 6
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 21
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 63
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 74
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 215
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 74
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 41
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 90
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 100
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 47
  • Bo‘limlar