“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 16:05
ЎЗO‘Z

Kreml saroyida O‘zbekistonning madaniyat kunlari ochildi

13 sen, 23:45 7 443 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Kreml saroyida O‘zbekistonning madaniyat kunlari ochildi 12 sentyabr kuni Rossiyaning Kreml saroyida O‘zbekistonning madaniyat kunlari ochildi. Tadbir ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarning 25 yilligiga bag‘ishlanadi.

Tantanali marosimda RF madaniyat vaziri o‘rinbosari Vladimir Aristarxov, O‘zbekiston madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev ishtirok etadi.

Kreml saroyining sahnasiga «O‘zbekiston» va «Navbahor» ansambllari, «Maqom» xalq musiqa ansambli, «O‘zbegim» guruhi, O‘zbekiston yoshlar simfonik orkestri, Farruh Zokirov boshchiligidagi «Yalla» vokal-cholg‘u ansambli chiqadi. O‘zbekistonlik mashhur opera yakkaxonlari Motsart, Verdi, Puchchini operalaridan ariya ijro etishadi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston kunlari doirasida 13 sentyabr kuni Umumrossiya amaliy-dekorativ va xalq san’ati muzeyida “O‘zbekiston madaniy me’rosi Rossiya Federatsiyasi to‘plamlarida” davra suxbati bo‘lib o‘tadi. Unda Ermitaj, Tretyakov Gallereyasi, Rossiya milliy kutubxonasi, Rossiya etnografiya muzeyi, RFA Sharq qo‘lyozmalari instituti vakillari ishtirok etishadi.

Davra suxbati doirasida Rossiyaning yetakchi muzey va kutubxonalariga “O‘zbekiston madaniy me’rosi dunyo to‘plamlarida” besh tomli nashrining taqdimoti o‘tkaziladi. Bundan tashqari shu kuni muzeyda o‘zbek san’at asarlari ko‘rgazmasi ochiladi.

Madaniyat kunlari 14 sentyabr kuni o‘zbekistonlik san’at ustalarining konsert dasturi bilan yakunlanadi.

O‘zbekiston kunlari doirasida o‘tadigan tadbir tashkilotchilari Rossiya Federatsiyasi madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, RFdagi O‘zbekiston elchixonasi va O‘zEOAVMA.

Manba: darakchi.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 27
  • Xitoyda sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan dunyodagi ilk film treyleri e’lon qilindi (video) 22 apr, 11:55 118
  • Xonanda Farhod rafiqasi bilan ajrashdi 21 apr, 23:33 1 368
  • Og‘ir vaziyatda Lolani qo‘llab-quvvatlaymiz! Faqat... 21 apr, 19:09 1 120
  • Chingiz Aytmatov boshi uzra qora bulutlar yoki qasam bilan mustahkamlangan qarz 21 apr, 17:24 312
  • “O‘zbekkonsert” xonanda Lola bilan uning kiyinish madaniyati yuzasidan suhbat o‘tkazdi 20 apr, 15:43 383
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda 24 apr, 15:56 0
  • Maxachev UFC 302 jangi oldidan Dastin Porening zaif tomonlarini aytdi 24 apr, 15:36 8
  • Futzal. Tojikiston yarim finalchiga aylanib, jahon chempionatiga yo‘llanma oldi 24 apr, 15:17 23
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 12
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 85
  • Ilmiy tadqiqot: D vitamini tanqisligi bedavo kasalliklarga olib kelishi mumkin 24 apr, 14:14 20
  • Ibrohim Raisiy: “Eronga qayta hujum bo‘lsa, yahudiy davlatidan hech narsa qolmaydi” 24 apr, 13:57 79
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 85
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 190
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 40
  • CNN: AQSHning Ukrainaga yangi harbiy yordami Yevropadagi omborlarda turibdi 24 apr, 11:33 155
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 25
  • Bo‘limlar