“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 08:19
ЎЗO‘Z

MXX O‘zbekistonni noqonuniy valyutafurushlardan tozalayapti (video)

13 sen, 00:20 9 924 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
MXX O‘zbekistonni noqonuniy valyutafurushlardan tozalayapti (video) O‘zbekiston prokuraturasi huzuridagi departament va Milliy Xavfsizlik xizmati organlari tomonidan ko‘rilayotgan tezkor chora-tadbirlar natijasida 20 ming AQSh dollarini fuqaroga 8250 so‘mdan pullayotgan ikki noqonuniy valyutafurushlar qo‘lga olindi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentining "Valyuta siyosatini liberallashtirish to‘g‘risida"gi farmonida huquq-tartibot organlari zimmasiga respublika hududida naqd xorijiy valyutaning noqonunniy aylanmasi va ular bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirilishini oldini olish vazifasi yuklatilgan. Ammo, prezident farmoniga qaramay, ayrim shaxslar mo‘may daromad orttirish ilinjida noqonuniy valyuta oldi-sotdisidan voz kechmoqchi emasligini namoyish qilmoqda.

Xususan, fuqarolar Sardor G‘aniyev va Eldor Sharipov noqonuniy daromad olish maqsadida chet el valyutasini ayriboshlashni ko‘zlab, fuqaro Babayevaga valyuta mablag‘larini o‘tkazishni taklif qiladi. Ular har bir AQSh dollarini 8.250 so‘mdan hisoblab, jami 20.000 AQSh dollarini 165,0 mln. so‘mga qonunga xilof ravishda sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanadi.

Ana shunday qonunbuzarlarning noqonuniy faoliyatiga O‘zbekiston prokuraturasi huzuridagi departemant va Milliy Xavfsizlik xizmati organlari tomonidan ko‘rilayotgan tezkor chora-tadbirlar natijasida o‘z vaqtida chek qo‘yildi.

Huquqbuzarlardan valyutalar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Fuqaro G‘aniyevning boshqaruvida bo‘lgan "Lasetti" rusumli avtomashina ko‘zdan kechirilganda, noqonuniy muomalaga kiritish uchun mo‘ljallangan 6160 AQSh dollari borligi aniqlangan. Ushbu pul mablag‘lari ham ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Manba: Sof.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 13
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 45
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 223
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 123
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 64
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 242
  • So'nggi yangiliklar
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 62
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 13
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 80
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 52
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 125
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 45
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 88
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 98
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 220
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 88
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 132
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 124
  • Bo‘limlar