“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 16:32
ЎЗO‘Z

“Do‘stlik” chegara bojxona kompleksida “tilla yoqali” ayolning siri fosh bo‘ldi

12 sen, 15:02 11 800 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Do‘stlik” chegara bojxona kompleksida “tilla yoqali” ayolning siri fosh bo‘ldi Andijon viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tilla va zargarlik buyumlarining noqonuniy olib kirilishiga doir navbatdagi bojxona qoidabuzarligini fosh qilishdi. Bu haqda Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Axborot xizmati “Qalampir.uz” tahririyatiga yuborilgan ma’lumot orqali xabar bermoqda.

“Do‘stlik” chegara bojxona kompleksi orqali qo‘shni davlatdan kirib kelayotgan xorijiy fuqaro Z.Toxtosinovaning bojxonachilar qarshisida bezovtalanishi bejiz emas ekan.

Gumon ostiga olingan ayol belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida ma’lum qilmasdan turib, 31 dona tilla taqinchoqlarni olib kirishga uringani fosh bo‘ldi.

Bojxonachilarning ko‘zini shamg‘alat qilish maqsadida ushbu ayol uzuk va sirg‘alarni ko‘ylagining yoqasi ostiga yashirincha tikib qo‘ygan.

Bundan tashqari, u bir dona qimmatbaho zanjirni ko‘ylagining uzun yengi ostidan bilagiga o‘rab olgan ekan. Shu tariqa Z.Toxtosinova qiymati salkam 23 mln. so‘mlik, umumiy og‘irligi 114,6 gr. tillalarni noqonuniy ravishda olib kirmoqchi bo‘lgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv jarayonlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi hududiga jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni aksiz solig‘i solinmasdan olib kirishning ruxsat etilgan me’yorlariga muvofiq umumiy og‘irligi 30 grammdan ortiq bo‘lmagan qimmatbaho toshlar va kimmatbaho metaldan tayyorlangan 5 donagacha zargarlik buyumlarini olib kirishga ruxsat etiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 13
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 85
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 190
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 40
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 25
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda 24 apr, 15:56 0
  • Maxachev UFC 302 jangi oldidan Dastin Porening zaif tomonlarini aytdi 24 apr, 15:36 8
  • Futzal. Tojikiston yarim finalchiga aylanib, jahon chempionatiga yo‘llanma oldi 24 apr, 15:17 23
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 12
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 85
  • Ilmiy tadqiqot: D vitamini tanqisligi bedavo kasalliklarga olib kelishi mumkin 24 apr, 14:14 20
  • Ibrohim Raisiy: “Eronga qayta hujum bo‘lsa, yahudiy davlatidan hech narsa qolmaydi” 24 apr, 13:57 79
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 85
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 190
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 40
  • CNN: AQSHning Ukrainaga yangi harbiy yordami Yevropadagi omborlarda turibdi 24 apr, 11:33 155
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 25
  • Bo‘limlar