“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 17:15
ЎЗO‘Z

Hukumat yo‘l harakati xavfsizligini oshirish bo‘yicha yangi qaror qabul qildi

06 sen, 18:02 8 137 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Hukumat yo‘l harakati xavfsizligini oshirish bo‘yicha yangi qaror qabul qildi So‘nggi vaqtlarda OAVlarda YTHlar haqida xabarlar ko‘paydi va qayd etish zarurki, ularning aksariyati o‘lim bilan yakun topgan. Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda taniqli san’atkorlar ishtirokida yo‘l harakati xavfsizligi muammolariga bag‘ishlangan “Hayotni saqlab qolamiz!” aksiyasi ham o‘tkazildi. Bundan tashqari, ko‘plab internet foydalanuvchilari tomonidan yo‘l harakati xavfsizligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinishi zaruriyati ta’kidlanib kelindi.

Mazkur omillarni inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida 4 sentyabr kuni “Haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tartibini takomillashtirish hamda o‘qitishning innovatsion usullarini qo‘llagan holda ularning malakasini oshirish to‘g‘risida” 693-sonli qarorni qabul qildi.

Hujjatda qayd etilishicha, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda haydovchilar madaniyati va ularning avtotransport vositalarini bilish darajasini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, haydovchilar malakasini doimiy oshirishga qaratilgan qonunlar talabi yetarlicha bajarilmayapti.

“Aksariyat hollarda yo‘l-transport hodisasi ishtirokchilari yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositasini boshqarayotgan haydovchilar bo‘lmoqda”, deya qayd etiladi qarorda.

Qarorga ko‘ra, 2018 yilning 1 yanvaridan yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalari haydovchilari ikki yilda bir malaka oshirish kurslarida o‘qishlari shart.

Mazkur qaror yo‘l harakati xavfsizligini, fuqarolarning hayoti va salomatligini ta’minlash, YTHlardan ogohlantirish bo‘yicha choralarni kuchaytirish hamda tashkilotlar haydovchilari malakasini o‘qitishning innovatsion usullarini qo‘llagan holda oshirish tartiblarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilindi.

Ta’kidlash o‘rinliki, qaror loyihasining qabul qilinishi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 2 avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasida avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini berish, haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida»gi 156-son qarorining 22-bandi amalda to‘la ijro etilmaganiga asoslangan. Unda fuqarolarni tashish bilan shug‘ullanuvchi transport vositalari haydovchilari, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, bir yilda bir marta, yuk tashish bilan shug‘ullanuvchilar esa ikki yilda bir marta malaka oshirishlari shartligi belgilangan.

Ahamiyatlisi, yangi qaror mashg‘ulotlarni qulay vaqtda o‘tash hamda o‘qiganlik to‘g‘risidagi talablarni unifikatsiyalash imkonini oshirdi.

Mashg‘ulotlarni o‘tkazish Avtotest kompaniyasiga ishonib topshirildi, sababi bugungi kunda kompaniya eng zamonaviy o‘qitish usuli va texnik uskunalariga ega va haydovchilar malakasini oshirish kurslarini tashkil etish uchun zarur talablarga mos keladi.

Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan hukumat qarorini samarali tadbiq etish uchun Avtotest tomonidan o‘qitishning birlashtirilgan usulidan foydalangan holda avtotransport vositalari haydovchilari malakasini oshirish bo‘yicha «Avtotest 3.0» o‘quv-uslubiy majmuasi ishlab chiqilgan. Bundan tashqari, kompaniyada o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini oshirishga yo‘naltirilgan o‘qitish monitoringi va rejasi bo‘yicha avtomatlashtirilgan kompleks axborot tizimi o‘quv jarayoniga joriy etilgan.

Shuningdek, 2018 yil 1 iyuldan hukumat qarori bilan malaka oshirish kurslarida o‘qiganlik haqidagi sertifikatga ega bo‘lmagan yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini boshqarishga mas’ul hamda o‘rnatilgan tartibga ko‘ra litsenziya/litsenziya kartalari amal qilishi to‘xtatilgan shaxslarga ma’muriy javobgarlik ham joriy etiladi.

Manba: Uz24.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Avtobusda yonidagi ayolga tegajog‘lik qilgan 45 yoshli erkak 15 sutkaga qamaldi 20 apr, 16:30 0
  • Toshkent–Termiz avtomobil yo‘lini ta’mirlash uchun $153 mln kredit olinadi 20 apr, 14:50 29
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 20
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 22
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 90
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 299
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘lim uchun ko‘paytirilayotgan 18 milliard hayvonlar haqida 20 apr, 16:51 0
  • Avtobusda yonidagi ayolga tegajog‘lik qilgan 45 yoshli erkak 15 sutkaga qamaldi 20 apr, 16:30 0
  • Erta tongda jang: Bektemir Meliqo‘ziyev raqibidan og‘irroq tosh bosdi 20 apr, 16:08 2
  • “O‘zbekkonsert” xonanda Lola bilan uning kiyinish madaniyati yuzasidan suhbat o‘tkazdi 20 apr, 15:43 3
  • Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi... 20 apr, 15:15 17
  • Toshkent–Termiz avtomobil yo‘lini ta’mirlash uchun $153 mln kredit olinadi 20 apr, 14:50 29
  • Muxolifatchi Volkovga suiqasd uyushtirishga buyurtma bergan shaxs ushlangani ma’lum qilindi 20 apr, 14:24 44
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 52
  • NATO Ukrainaga havo hujumidan mudofaa sohasida yordam va’da qildi 20 apr, 13:58 41
  • AQSH Isroilning jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan sanksiyalar joriy etdi 20 apr, 12:56 46
  • Dushanbeda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi (foto) 20 apr, 12:28 86
  • Sutni me’yordan ortiq iste’mol qilish yurak xurujiga sabab bo‘lishi mumkin 20 apr, 12:05 32
  • Bo‘limlar