“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 01:46
ЎЗO‘Z

6/30 qoidasi to‘yib uxlashingizga yordam beradi

06 sen, 13:16 8 298 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
6/30 qoidasi to‘yib uxlashingizga yordam beradi Bu qoidani bajarish ko‘p kuch talab qilmaydi, lekin yaxshi samaralar beradi.

U quyidagilardan iborat:

Uyqugacha bo‘lgan 6 soat ichida kofein iste’mol qilmang va uyqugacha bo‘lgan yarim soat davomida esa gadjetlardan foydalanmang.

Kofein

Olimlar uxlash oldidan, uxlashdan oldingi uch va olti soatgacha bo‘lgan vaqtlarda iste’mol qilingan kofeinning samarasini o‘rganib chiqdi. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, olti soat — bu eng qisqa muddat ekan. Lekin, hatto tajriba qilinganlarning ba’zilarida bardamliklarining oxirgi olti soati davomida kofein iste’mol qilmagan bo‘lsalar ham uyquning buzilishi kuzatilgan.

Kofeinning eng ko‘p miqdori albatta qahva tarkibida bo‘ladi. Aynan shu ichimlik bardamlashtiruvchi degan nom olgan. Shuning uchun uni yaxshisi ertalabdan yoki kunduzi ichgan ma’qul.

Shuningdek, choy tarkibida ham unchalik ko‘p bo‘lmagan miqdorda kofein bor. Shuning uchun ko‘k va qora choylarni uyqu oldidan ichish tavsiya qilinmaydi. O‘tli qaynatmalar esa sizning osoyishtaligingizni buzmaydi.

Gadjetlar

Smartfon, noutbuk yoki boshqa gadjetlar ekranlarining moviy rangi uyqu gormoni — melatoninning ishlab chiqarilishiga qarshilik ko‘rsatadi. Yorqin nur organizmga uxlashga hali ertaligi haqida xabar yuboradi.

Buning ustiga uyqu oldidan dam olish kerak. Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatish, xatlarga javob berish yoki televizor tomosha qilish bilan siz o‘z miyangizni ortiqcha ma’lumotlar bilan to‘ldirasiz. Sizni qandaydir xabar uyg‘otib yubormasligi uchun, telefoningizni parvoz rejimiga o‘tkazib qo‘ying.

Eng yaxshisi uxlashdan bir soat oldin hamma elektron moslamalardan voz kechish kerak. Lekin organizm uyquga ketishga tayyorlanishi uchun yarim soat vaqt ham bemalol yetarli bo‘ladi.

Manba: «Daryo»




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 47
  • Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi 18 apr, 12:22 236
  • Yulduzlar parhezi: tez ozdiradigan uchta ziravor 17 apr, 17:00 128
  • Qulupnayning siz bilmagan 10 ta foydali xususiyati 17 apr, 07:41 151
  • Buni eng irodasizlar ham eplay oladi: Allen Karrning chekishni tashlashda yordam beruvchi “Kashandalikdan qutulishning oson yo‘li” kitobi o‘zbek tilida chop etildi 17 apr, 05:30 126
  • Olimlar keksalikda ham aql-idrokni saqlab qolishning oddiy usullarini aniqladi 16 apr, 21:24 132
  • So'nggi yangiliklar
  • Chasiv Yar ham xavf ostida. Bu shaharni yo‘qotmaslik Ukraina uchun nega bunchalik muhim? 19 apr, 23:23 6
  • Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston hududida joylashgan Barak eksklavi aholisini ko‘chirishni yakunladi 19 apr, 22:56 107
  • Germaniya va Polsha aviakompaniyalari Tel-Avivga reyslarni bekor qildi 19 apr, 22:30 16
  • «Ko‘z o‘ngimizdagi haqiqat». Alonso qaysi jamoani tanlagan? 19 apr, 22:00 45
  • Dubayda 50 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qolib ketgani aniqlandi 19 apr, 21:30 69
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 47
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 2-turda Iroqni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi 19 apr, 20:41 120
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 45
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 200
  • Iborohimhalil Yo‘ldoshev: "Janubiy Koreya va Yaponiya terma jamoalari Osiyo kubogida favorit" 19 apr, 19:13 87
  • Shomurodov qaytgach «Yuve»dan ko‘proq ochko yig‘ayotgan «Kalyari». «Inter»dan keyin «Yuve» ham to‘xtatiladimi? 19 apr, 18:48 189
  • Isroil Madrimov mutlaq chempion Terens Kroufordga qarshi ringga ko‘tarilishi mumkin 19 apr, 18:28 68
  • Bo‘limlar