“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 01:21
ЎЗO‘Z

Chevrolet Sparkning yangicha ko‘rinishdagi modeli taqdim etildi

31 avg, 14:43 10 342 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Chevrolet Sparkning yangicha ko‘rinishdagi modeli taqdim etildi Keyingi avloddagi Beat/Spark xetchbegi negizida qurilgan subkompakt Beat Sedan sedani namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Chevrolet kompaniyasi ushbu sedanning ilk varianti Essentia konseptini o‘tgan yil fevralida namoyish qilgandi. Prototip namoyishi Hindistonda bo‘lib o‘tgan va aynan shu davlat mashina uchun asosiy bozor bo‘lishi taxmin qilingan. Bu haqda Kun nashri yozmoqda.

Biroq 2017 yil may oyida General Motors kompaniyasi Chevrolet’ning Hindistondan ketishini e’lon qildi. Kompaniyaning u yerdagi zavodlaridan biri yopilgan, biri ishlamoqda. GM’ning yangi strategiyasiga ko‘ra, korxona endi Lotin Amerikasi davlatlari uchun avtomobillar ishlab chiqarmoqda. Hindistondagi zavodda modernizatsiyalangan Beat xetchi (ba’zi davlatlarda Spark) va uning negizida qurilgan sedan ishlab chiqarilmoqda.

Sedanni birinchilardan bo‘lib meksikaliklar oladilar, mashina Meksikada yaqin orada sotuvga chiqadi. Beat esa Meksikada iyundan beri sotilmoqda. Beat Sedan oldi qismi va saloni dizayni to‘liq Beat’ni qaytaradi, yukxona sig‘imi 385 litrga teng (Beat’da esa 170 litr). Yangi mashina xetchbekdan shuningdek 1,2 litrli, 81 ot kuchiga ega benzinli dvigatel olgan.

Mashinada 7 dyuymli sensor ekranga ega multimedia tizimi, konditsioner, ikkita xavfsizlik yostiqchasi, ABS o‘rnatilgan.

Chevrolet Beat Sedan’ning narxi hozircha e’lon qilinmagan. Xetchbek esa Meksikada 152900 peso (8 ming dollardan ko‘proq) turadi.

Manba: hordiq.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 132
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 137
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 180
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 137
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 368
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 201
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 0
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 0
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 0
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 22
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 58
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 91
  • Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov tergov izolatoriga jo‘natildi 24 apr, 22:20 39
  • Yevrokomissiya rahbari: “Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yevropa tarixini o‘zgartiradi” 24 apr, 22:00 149
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 164
  • Eldor Shomurodov transferiga narx belgilandi! 24 apr, 21:25 226
  • Futzal. O‘zbekiston Vetnam ustidan irodali g‘alaba erishib, yarim finalga yo‘l oldi 24 apr, 21:09 141
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 81
  • Bo‘limlar