“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 20:31
ЎЗO‘Z

Makgregor 10 raund chidadi

27 avg, 10:18 4 911 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Makgregor 10 raund chidadi Toshkent vaqti bilan 27 avgust tongida boks muxlislari orziqib kutgan asr jangi bo‘lib o‘tdi. Las-Vegasda yengilmas bokschi Floyd Meyvezer UFC yulduzi Konor MakGregorga qarshi ringga chiqdi. Boks qoidalari asosida bo‘lib o‘tgan bu jangda amerikalik bokschi g‘alabaga erishdi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Jangning dastlabki raundlarida irlandiyalik sportchi ustunlikka erishayotgandi. Ammo jangning ikkinchi qismidan boshlab Meyvezer nazoratni o‘z qo‘liga oldi. 10-raundga kelib esa referi texnik nokaut qayd etdi va amerikalik sportchi g‘alabasini ma’lum qildi.

Bu jang uchun Meyvezer 100 million dollar, Makgregor — 30 million dollar ishladi. Bu mablag‘lar sportchilar jangda qanday natija ko‘rsatishidan qat’i nazar kafolatlangan mablag‘lardir. Bundan tashqari, g‘alaba uchun bonuslar, shuningdek, chiptalar sotuvi va to‘lovli translyatsiyalardan (pay-per-view) tushgan mablag‘lardan ulushlar va’da qilingan. Buning hisobiga sportchilarning gonorarlari miqdori bir necha barobar o‘sishi mumkin.

40 yoshli Meyvezer shu tariqa professional ringdagi barcha 50 jangida g‘alabaga erishmoqda. U oxirgi marta 2015 yil sentyabrida ringga chiqqan va bokschilik faoliyatini yakunlagani haqida ma’lum qilgandi.

Hozirda 29 yoshda bo‘lgan Makgregor MMAda 24 jang o‘tkazgan va 21 g‘alabaga erishib, 3 marta mag‘lub bo‘lgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonlik besh nafar hakam Qatardagi U-23 Osiyo kubogida faoliyat olib boradi 28 mar, 18:49 24
  • Toshkentning “Bunyodkor” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi 28 mar, 17:00 156
  • Sensatsiya ko‘targan bokschi Bahodir Jalolov oldida “ip esholmadi”, biroq... 28 mar, 00:00 967
  • Eldor Shomurodovning jarohatiga oydinlik kiritildi, lekin... 27 mar, 21:05 695
  • “Bunyodkor” stadionida o‘sha xunuk holat yana takrorlandi 27 mar, 17:43 1 078
  • Yevro-2024: barcha ishtirokchi jamoalar ma’lum bo‘ldi 27 mar, 07:49 267
  • So'nggi yangiliklar
  • «Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi 28 mar, 20:00 0
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 10
  • Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari: «Savol o‘rinli, ammo biz tan olmaymiz» 28 mar, 19:30 69
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 51
  • O‘zbekistonlik besh nafar hakam Qatardagi U-23 Osiyo kubogida faoliyat olib boradi 28 mar, 18:49 24
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 30
  • UzAuto Motors avtomobillaridan biriga shartnoma berishni boshlaydi 28 mar, 18:02 68
  • Rus nashrlari: «Krokus»da terakt uyushtirganlar narkotik ta’sirida bo‘lgan 28 mar, 17:40 261
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 18
  • Toshkentning “Bunyodkor” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi 28 mar, 17:00 156
  • Lezviya bilan badanini kesgan yigit hodisasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi 28 mar, 16:44 197
  • Qandli diabet kasalligida ro‘za tutsa bo‘ladimi? 28 mar, 16:20 110
  • Bo‘limlar