1. Olmos Litoterapevtlar aynan shunday toshli uzuk va bilaguzuklarni yuqori nafas yo‘llari va asab tizimi xastaliklaridan aziyat chekuvchi ayollarga tavsiya etishmoqda. 2. Qahrabo Bu toshdan munchoq qilib bo‘yinga taqib yurilsa, homiladorlikdagi toksikozni yengishga ko‘maklashadi. Shuningdek bunday nozik pallada kechadigan gormonal o‘zgarishlarni ham oson o‘tkazishga ko‘maklashadi. 3. Yoqut Homiladorlikda buyrak oјriqlari bezovta qilsa, bo‘yinga kumush gardish va yoqut ko‘zli taqinchoqni, bosh oјriqlarida esa oltin gardish va yoqut ko‘zli taqinchoqlarni taqib yurish tavsiya etiladi. 4. Lojuvard Lojuvard qadimdan aql va tanani mustahkamlovchi tosh hisoblangan. Migren xastaligini yengillatib, uyquni yaxshilaydi. Undan tayyorlangan taqinchoqlarni har kuni taqib yurish ko‘z ravshanligini oshiradi.