“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2024, 14:22
ЎЗO‘Z

“Million”ning konserti videosini bir sutkada 800 ming kishi tomosha qildi

24 avg, 14:52 7 831 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Million”ning konserti videosini bir sutkada 800 ming kishi tomosha qildi “Million” jamoasi joriy yilning 24-28 aprel kunlari “Istiqlol” san’at saroyida 9 seansdan iborat navbatdagi konsert dasturini taqdim etgan edi. “Istiqlol”ni larzaga keltirgan ushbu konsert dasturining videodisklari sotuvga chiqishini kutganlar bu yil har yilgidan ham ko‘p bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Kecha, 23 avgust kuni soat 07:00 da “Million”ning 2017 yildagi konsert dasturi videosi jamoaning YouTube’dagi rasmiy kanaliga joylashtirildi.

Muxlislar konsertning videosini intiqlik bilan kutgani haqidagi yuqoridagi fikrlarimiz mubolag‘a emasligi oz fursatda ayon bo‘ldi. Bir sutka ichida konsertni 800 mingdan ortiq odam tomosha qilishga ulgurdi. Bu raqamlar soat sayin ortib bormoqda.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi: “Million”ning har yilgi konsert dasturi disklari sotuvga chiqqanidan so‘ng, jamoaga nisbatan tanqidlarning oxiri ko‘rinmaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda “Million” muhokama maydonining asosiy mavzusiga aylanadi. Lekin jamoa shuncha tomoshabinni qanday to‘playapti? Har holda 5 kun 9 seansda konsert berishning o‘zi bo‘lmaydi. Ayrimlar 3 kunlik konserti chiptasini sota olmayotgan bir paytda “Million”ning chiptalari ikki baravar qimmatga baholanyapti. Internetga joylangan videoning bir sutka ichida 800 mingdan ortiq tomosha qilinishi ham jamoaning muvaffaqiyatidan dalolat. Hozircha “Million”ning 2017 yildagi konserti bo‘yicha salbiy fikrlar qulog‘imizga chalinmadi, tanqidlar o‘tgan yildagilarga qaraganda ancha arigan. Voqealar rivojini kuzatamiz. Balki “Million”chilarni tarbiyaga chaqiruvchilar yana topilib qolar...


Manba: Qalampir.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ozodbek Nazarbekovning “Mendirman” klipi AQSHda o‘tkazilgan kinofestivalda e’tirof etildi 17 apr, 16:38 78
  • Kino sohasida ham muvaffaqiyatga erishgan jahonga mashhur xonandalar 15 apr, 22:22 141
  • Jenisbek Piyazov oliy ta’lim vaziriga maslahatchi etib tayinlandi 15 apr, 15:39 90
  • Qatar Madaniyat vazirligi delegatsiyasi O‘zbekistonda: ular qayerlarga boradi? 15 apr, 09:09 123
  • Kutilmagan yakun bilan tugaydigan 7 ta film 09 apr, 17:43 161
  • Turk aktyorlari hayotidagi yangiliklar (foto) 08 apr, 11:44 244
  • So'nggi yangiliklar
  • Hindistonni rivojlantirish strategiyasi sun’iy intellekt yordamida yaratildi 18 apr, 13:45 1
  • O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi 18 apr, 13:24 16
  • Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Muhammadsobir Fayzovning qarindoshlari o‘z haqiqatlari bilan bo‘lishdi 18 apr, 12:46 179
  • Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi 18 apr, 12:22 34
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 84
  • Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi 18 apr, 11:33 30
  • Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi» 18 apr, 11:17 59
  • AQSH nashri Isroil va Falastin mojarosi haqidagi yangiliklarda “genotsid” so‘zidan foydalanishni taqiqlab qo‘ydi 18 apr, 10:54 31
  • «Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 18 apr, 10:39 124
  • Bayden Ukraina va Isroilga yordam to‘g‘risidagi qonunlarni qo‘llab-quvvatladi 18 apr, 10:00 86
  • 20 davlat Ukraina uchun yarim millionta o‘q-dori sotib oladi 18 apr, 09:39 86
  • Yevropa komissiyasi raisi: Rossiyaning urushdagi g‘alabasi YEIga juda qimmatga tushadi 18 apr, 09:15 186
  • Bo‘limlar