“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2024, 11:43
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda yangi vazirlik tashkil etiladi

18 avg, 16:23 6 837 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda yangi vazirlik tashkil etiladi Avval xabar berilganidek, tahririyat O‘zbekiston Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Vazirning tahririyat jurnalisti bilan suhbatda aytishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev 16 avgust kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda maktabgacha ta’lim tizimini isloh qilishdagi kamchiliklarni ochib, xalq ta’limi tizimidan maktabgacha ta’lim tizimini alohida vazirlik sifatida ajratib chiqish kerakligi, ya’ni, Maktabgacha ta’lim vazirligini tashkil etish kerakligi, respublikadagi 5 mingta bog‘chalarni rivojlantirish lozimligi masalasini qo‘ygan.

“OAVda ta’lim tizimida 2 ta vazirlik kimga kerak, degan savol tug‘ilgan edi. Bizning boshqaruv tuzilmamizdan olib ko‘radigan bo‘lsa, Xalq ta’lim vazirligi – bu juda keng ko‘lamga ega vazirlik. Tizimda 775 ming xodim faoliyat yuritadi. Bu tizimni boshqarishni mushkulligini barcha ko‘z oldiga keltira olsa kerak. Ana shu nuqtai nazardan prezidentimiz bu alohida vazirlik bo‘lishi kerak, maktabgacha ta’lim tizimi uchun alohida e’tibor qaratishimiz lozim, degan masalani qo‘ydilar”, - deydi vazir.

Uning aytishicha, Prezident bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorligi tanqidiy tahlil qilingan. Qayd etilishicha, bu yildan boshlab maktabning 10-sinflarida ta’lim yana davom ettiriladi. Bu yil respublika bo‘ylab 9-sinflarni 467 ming o‘quvchi bitirib chiqqan bo‘lib, ulardan 352 ming nafari 10-sinflarda o‘qishni davom ettirish istagini bildirgan.

Ma’lumot uchun, Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov bilan ochiq muloqotning to‘liq shakli tez orada saytda taqdim etiladi.


Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 52
  • O‘zbekistonda 1 km/kv maydonga qancha aholi to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi 15 apr, 12:06 145
  • 15 aprel uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi 14 apr, 18:03 149
  • O‘zbekistonning ayrim hududlarida 13 aprel kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda 12 apr, 13:24 299
  • O‘zbekistonda 11 aprel kuni havo harorati 32 darajagacha ko‘tariladi 10 apr, 13:11 50
  • O‘zbekistonda 10 aprel kuni harorat 30 darajagacha ko‘tariladi 09 apr, 12:13 63
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH nashri Isroil va Falastin mojarosi haqidagi yangiliklarda “genotsid” so‘zidan foydalanishni taqiqlab qo‘ydi 18 apr, 10:54 0
  • «Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 18 apr, 10:39 1
  • Bayden Ukraina va Isroilga yordam to‘g‘risidagi qonunlarni qo‘llab-quvvatladi 18 apr, 10:00 2
  • 20 davlat Ukraina uchun yarim millionta o‘q-dori sotib oladi 18 apr, 09:39 10
  • Yevropa komissiyasi raisi: Rossiyaning urushdagi g‘alabasi YEIga juda qimmatga tushadi 18 apr, 09:15 55
  • “Eldorda bunaqasini ko‘rmagandik”. Raneri Shomurodov haqida yana nimalar dedi? 18 apr, 09:09 111
  • «Prava» rasmiylashtirib berishini aytib, fuqarolarni chuv tushirib kelgan shaxs ushlandi 18 apr, 08:34 8
  • “Bavariya” “Arsenal”ni minimal hisobda mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi (video) 18 apr, 08:29 25
  • “Real” penaltilar seriyasida “Manchester Siti”ni mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi! 18 apr, 08:25 33
  • Shomurodov, navbat “Yuventus”ga! 18 apr, 00:18 424
  • Malayziya OTJ bosh murabbiyi: "Bugun musobaqaning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o‘ynadik" 18 apr, 00:02 141
  • OCHL. "Al Ayn" kutilmaganda yarim finalning ilk o‘yinida "Al Hilol"ni mag‘lub etdi 17 apr, 23:59 123
  • Bo‘limlar