“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2024, 23:37
ЎЗO‘Z

Snapdragon 835 chipiga ega navbatdagi ilg‘or smartfon taqdim qilindi

18 avg, 02:22 7 310 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Snapdragon 835 chipiga ega navbatdagi ilg‘or smartfon taqdim qilindi Tayvanlik gadjetlar ishlab chiqaruvchisi ASUS brendi Zenfone 4 smartfonlari turkumini ASUS Zenfone 4 Pro flagmani bilan boyitdi.

ASUS Zenfone 4 Pro 5.5 dyuymli FHD, Super AMOLED matrisali ekranga ega bo‘lgan. Devaysda Qualcomm'ning 64 bitli hamda 8 yadroli innovasion Snapdragon 835 prosessori o‘rnatilgani, shuningdek grafik-tasvirni Adreno 540 video-kartasi qayta ishlashi uning o‘ziga xos jihatlari sirasiga kiradi.

ASUS Zenfone 4 Pro 6 gigabaytgacha tezkor, shuningdek 128 gigabaytgacha sig‘imli doimiy xotiraga, 3,600 mA soat sig‘imli batareyaga ega bo‘ladi.

Yangi smartfonning bosh kamerasi uchun 12 MP + 16 MP sensorlar tanlangan. Ularning optik linza hajmi f/1.7 ga teng. Kamerada optik barqarorlashtirish, optik yaqinlashtirish funksiyalari mavjud. Selfilar uchun esa 8 megapikselli kamera mas’ul.

Yana bir o‘ziga xos jihati -- ASUS Zenfone 4 Pro Android 7.1.1 Nougat operasion tizimining o‘zlashtirilgan ZenUI 4.0 talqinida ishlaydi.

ASUS Zenfone 4 Pro aloqaning WiFi, 3G, LTE, Bluetooth, GPS, A GPS, GLONASS tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Gadjet sentyabrdan 599 AQSh dollari bahosida sotuvga chiqariladi.

Shuningdek, kompaniya ZenFone 4 smartfonini ham taqdim qilgan. ZenFone 4 ham 5,5 dyuymli Full HD (1920 x 1080 pikselli) displeyga ega bo‘lgan. Faqat bu smartfonda IPS+ matrisasi tatbiq qilingan.
ZenFone 4 qo‘sh kamerali bo‘lib, bosh kamera 12 megapikselli Sony IMX362 hamda 8 megapikselli keng burchak ostida surat oluvchi yordamchi sensorga ega bo‘lgan. Old kameraga 8 megapikselli sensor tanlangan.

Apparat ta’minoti uchun talqiniga ko‘ra Qualcomm Snapdragon 660 yoki Snapdragon 630 chiplari, shuningdek 6 GB yoki 4 GB sig‘imli tezkor xotira o‘rnatilgan.

ZenFone 4 akkumulyatorining sig‘imi 3300 mA soat. Smartfon aloqaning 4G LTE Cat 12, Wi-Fi (802.11ac), NFC standartlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Smartfon $399 dollardan sotuvga chiqariladi.

Manba: Terabayt.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Biznes imkoniyatingizni kengaytiring 18 apr, 19:00 21
  • Hindistonni rivojlantirish strategiyasi sun’iy intellekt yordamida yaratildi 18 apr, 13:45 48
  • TikTok fotosuratlar uchun mo‘ljallangan yangi ilovani chiqaradi 13 apr, 22:30 41
  • Dunyodagi eng yupqa qo‘l soati chiqarildi (video) 11 apr, 21:21 92
  • Italiyada oyoq o‘lchamiga moslashuvchan ko‘p yillik krossovka ixtiro qilindi 11 apr, 17:44 78
  • AQSH fuqarolarga “Kasperskiy laboratoriyasi” dasturiy ta’minotidan foydalanishni taqiqlamoqchi 10 apr, 14:06 49
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari konsert tomosha qildilar 18 apr, 22:53 0
  • Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi 18 apr, 22:30 0
  • Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi 18 apr, 22:11 0
  • Sensatsiya! U23 Osiyo Kubogi 2-turida Indoneziya Avstraliyani mag‘lubiyatga uchratdi 18 apr, 21:49 9
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 12
  • Og‘abek Sobirov, Munojat Yo‘lchiyeva, Ozodbek Nazarbekov va Yulduz Usmonova «Tojikiston xalq hofizi» bo‘ldi 18 apr, 21:20 25
  • Qirg‘izistonda inson a’zolarini sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh aniqlandi 18 apr, 21:07 49
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 139
  • Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi? 18 apr, 19:38 332
  • Futzal. Qirg‘izistonliklar amaldagi Osiyo chempionini mag‘lub etishdi 18 apr, 19:19 113
  • Biznes imkoniyatingizni kengaytiring 18 apr, 19:00 21
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 77
  • Bo‘limlar