“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 09:52
ЎЗO‘Z

Qozog‘istonlik tadbirkorlar oktyabr oyida Toshkentga keladi

31 iyul, 11:02 5 651 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qozog‘istonlik tadbirkorlar oktyabr oyida Toshkentga keladi Qozog‘istonning xorijiy sarmoyadorlarni jalb etish hamda ular bilan ishlash bo‘yicha milliy operatori «Kazakh Invest milliy kompaniyasi» AJ O‘zbekistonga savdo missiyasini tashkil etmoqda.

Kazakh Invest matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, missiya Toshkentda 2017 yilning 4-6 oktyabr kunlari bo‘ladi. Missiyada Qozog‘istonning 20 dan ortiq kompaniyalari ishtirok etadi.

Qozog‘iston missiyasining O‘zbekistonga tashrifi masalalari Kazakh Invest, «O‘zekspomarkaz» Milliy ko‘rgazma kompaniyasi va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi vakillari o‘rtasidagi muzokaralarda muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida ikki davlatning savdo-iqtisodiy hamkorligi masalalari ham tilga olindi.

«O‘zbekiston Qozog‘istonning qayta ishlangan mahsuloti eksporti uchun eng ustuvor davlatlardan biridir. 2016 yilda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 1,5 mlrd dollarni tashkil etdi, ulardan Qozog‘istondan eksport hajmi – 923 mln dollarga teng bo‘ldi. Kazakh Invest mahalliy mahsulotlarni O‘zbekiston bozoriga ilgari surish bo‘yicha doimiy ish olib bormoqda», - deya ta’kidlab o‘tdi Kazakh Invest Milliy kompaniyasi boshqaruvchi direktori Asqar Arinov.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, 80 dan oshiq qozoq ishlab chiqaruvchilari ishtirokida O‘zbekistonga 4 ta savdo missiyasi o‘tkazilgan. Ular orasida mashinasozlik, kimyo, qurilish, farmasevtika, oziq-ovqat, metallurgiya va qadoqlash sohasi vakillari bo‘lgan.

«Missiyalar yakuni bo‘yicha qariyb 47 mln dollarlik qiymatga ega shartnomalar imzolandi. Biz erishilgan natijalarda to‘xtash niyatida emasmiz va qozoq-o‘zbek savdo munosabatlarini mustahkamlashda davom etamiz. Ayni damda Qozog‘istonning 20 dan ortiq ishlab chiqaruvchisi O‘zbekistonda o‘z mahsulotini taqdim etishga qiziqish bildirgan. Shu sababdan joriy yilning 4-6 oktyabr kunlari Toshkent shahrida savdo missiyasini tashkil etish haqida kelishuvga erishildi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Arinov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 111
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 107
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 95
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 159
  • MB raisi: Budjet xarajatlarining yuqori darajada oshishi inflyatsiyaga ham ta’sir qiladi 25 apr, 20:28 126
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 91
  • So'nggi yangiliklar
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 63
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 13
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 80
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 52
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 125
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 45
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 88
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 98
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 220
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 89
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 132
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 124
  • Bo‘limlar