“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 17:58
ЎЗO‘Z

Qabul tugaganda yangi pedagogika instituti tashkil etilmoqda. Xo‘sh, unga kimlar qabul qilinadi?

29 iyul, 13:10 18 098 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qabul tugaganda yangi pedagogika instituti tashkil etilmoqda. Xo‘sh, unga kimlar qabul qilinadi? Avval xabar berganimizdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev “Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutini tashkil etish to‘g‘risida” qarorni imzoladi.

Qarorga ko‘ra, Xalq ta’limi vazirligi tarkibida Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti tashkil etiladi.

Maktabgacha, maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari uchun yuqori malakali o‘qituvchilarni talab darajasida sifatli tayyorlashni ta’minlash yangi tashkil etilishi kutilayotgan institutning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi 2017/2018 o‘quv yili uchun Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutining talabalari kontingentini Toshkent viloyatida doimiy yashayotgan Toshkent davlat pedagogika universiteti va boshqa turdosh oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirib, mazkur ta’lim muassasalariga belgilangan to‘lov-kontrakt kvotalari doirasida o‘qishga qabul qilinmagan mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlari abiturientlari hisobidan, Toshkent viloyati tumanlari ta’lim muassasalari ehtiyojlarini inobatga olgan holda shakllantiriladi.

Mazkur institutga 2017/2018 o‘quv yili uchun talabalar o‘qishga amaldagi bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori bo‘yicha tasdiqlangan kvota doirasida qabul qilinadi.

Chirchiq akademik liseyi hamda Chirchiq ijtimoiy-iktisodiyot kasb-hunar kollejiga tegishli binolar va inshootlar hududlari bilan Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti tasarrufiga o‘tkaziladi. Ushbu ikki ta’lim muassasining 2 va 3 kurs o‘quvchilari bitirgunlariga qadar institut binosida ta’lim oladilar.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 105
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 149
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 123
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 57
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 116
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 62
  • So'nggi yangiliklar
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 1
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 1
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 10
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 20
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 31
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 160
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 172
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 78
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 98
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 48
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 165
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 104
  • Bo‘limlar