“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 01:02
ЎЗO‘Z

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari muborak haj safariga taraddud ko‘rishmoqda

18 iyul, 08:49 9 214 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari muborak haj safariga taraddud ko‘rishmoqda Ma’lumki, bu yil O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda “Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori asosida 9 may — Xotira va Qadrlash kuni o‘zgacha ruhda, mamlakatda ro‘y berayotgan yangilanishlar va o‘zgarishlarga hamohang tarzda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlandi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Jumladan, Farmonga asosan, 2017 yil 1 maygacha O‘zbekistondagi 1615 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisiga ikki million so‘mdan bir martalik pul mukofotlari to‘liq va tantanali bayramona vaziyatda topshirildi.

Prezidentning “Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi doirasida 14 nafar ehtiyojmand Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga yangi zamonaviy uy-joylar tufha etildi. Urush faxriylari istiqomat qiladigan 172 ta uy-joy to‘liq qayta ta’mirlandi.

Bundan tashqari, 346 nafar urush faxriysiga 3 mlrd. 894 mln. so‘mlik ijtimoiy himoya va moddiy yordam ko‘rsatildi. Jumladan, ehtiyojmand urush qatnashchilariga nogironlik aravachasi, eshitish moslamasi, qo‘ltiqtayoq, dori-darmon vositalari hamda uy-ro‘zg‘or buyumlari etkazib berildi.

O‘zbekistonning turli hududlarida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining muborak Haj ziyoratiga borish bo‘yicha bildirgan istaklari hamda “Nuroniy” jamg‘armasining taklifi inobatga olinib, ilgari Haj ziyoratiga borolmagan yoki bunga imkoni bo‘lmagan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Prezident tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan Haj ziyoratiga yuboriladigan bo‘ldi.

Shu asosda “Nuroniy” jamg‘armasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, mahalliy hokimliklar hamda boshqa jamoat tashkilotlari ishtirokida Haj ziyoratiga borish istagini bildirgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining ro‘yxati shakllantirildi hamda ularning barchasi o‘rnatilgan tartibda to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

“Nuroniy” jamg‘armasining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, ayni kunlarda 73 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Haj safariga borish taraddudini ko‘rmoqda. Ular Prezidentning xalq manfaati yo‘lida amalga oshirayotgan ezgu ishlari hamda nuroniy-faxriylarga ko‘rsatilayotgan bunday yuksak e’tibor va g‘amxo‘rliklari uchun chuqur minnatdorchilik bildirib, doimo duoda ekanligini izhor etmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 33
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 125
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 29
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 206
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 79
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 30
  • So'nggi yangiliklar
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir kishi ushlandi 29 mar, 00:30 0
  • Nima uchun «Krokus»da kerakli pallada xavfsizlik kuchlari yo‘q edi? 29 mar, 00:11 0
  • Zelenskiy: “Agar snaryadlar yetarli bo‘lmasa, Ukraina Rossiya hujumini qaytara olmaydi” 28 mar, 23:45 2
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 5
  • Mijozlarni 1,8 mlrd dollarga aldagan kriptovalyuta birjasi asoschisi 25 yilga qamaldi 28 mar, 23:04 16
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 10
  • Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi 28 mar, 22:51 19
  • Nima uchun olimlar ayollarga vaqti-vaqti bilan yig‘lab turishni tavsiya qiladi? 28 mar, 22:22 20
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 139
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 239
  • Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin 28 mar, 21:02 18
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 33
  • Bo‘limlar