“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2021, 21:15
ЎЗO‘Z

Tarvuz ko‘z va miya uchun foydali

14 iyul, 15:34 14 690 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tarvuz ko‘z va miya uchun foydali Tarvuz nafaqat chanqoqbosdi poliz ekini, balki salomatlik uchun o‘ta shifobaxsh bo‘lgan darmondori hamdir. Ayniqsa, tarvuzning qip-qizil mag‘zi ko‘pgina foydali xususiyatlarga ega. Demak, bugun sizga tarvuzning ana shu xususiyatlari haqida ma’lumot bermoqchimiz.

ShARBATI BO‘G‘IMLARDAGI OG‘RIQNI QOLDIRADI

Tarvuz aminokislotalar oilasiga kiruvchi, bo‘g‘imlardagi og‘riqni qoldiruvchi L-sitrullin moddasiga boyligi bilan boshqa poliz ekinlaridan ajralib turadi. Xuddi ana shu sabab tarvuz sportchilar uchun ham foydali.
Agar siz jismoniy chiniqishni maqsad qilib, sport bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsangiz, bo‘g‘imlaringizda achchiq og‘riqlar kuzatilishi tabiiy. Ana shu og‘riqni qoldirish uchun esa mashg‘ulotlardan oldin bir piyola tarvuz sharbatini iching. Bu ham og‘riqni qoldiradi, ham chanqoqni bosadi.

TARKIBIDA QAND MODDASI SEROB!

Pishib etilgan tarvuz 5 foizdan 13 foizgacha yengil hazm bo‘luvchi qand moddalariga ega. Tarvuzning pishib etilishi davomida mag‘zida fruktoza va glyukoza moddalari ajraladi. Saxaroza moddasi tarvuz palagidan uzilgandan so‘ng paydo bo‘ladi. Shu sababli qandli diabeti bor kishilarga yangi uzilgan tarvuzni oz-oz miqdorda iste’mol qilish tavsiya etiladi. Chunki tarvuz qachon palakdan uzilganini aniqlash qiyin.

URUG‘I ShAMOLLAShNI OLADI
Tarvuz urug‘i shamollashning oldini olish xosiyatiga ega. Ayniqsa, harorat ko‘tarilishidan aziyat chekayotgan bemorga 1 stakan chaqilgan tarvuz urug‘idan tayyorlangan damlamani dokadan sizdirib bersangiz, uning ichki va tashqi harorati o‘sha zahotiyoq pasayadi.
Shuning bilan birga, quritilgan tarvuz urug‘ini tez-tez eb tursangiz, u teri holatini yaxshilaydi, negaki uning tarkibida temir, rux, oqsil va biriktiruvchi to‘qimalar bor.
Tarvuzning tarkibi deyarli suvdan iborat, ya’ni unda jami 91 foiz suv mavjud. Shu sababdan ham tarvuz eng kam kaloriyali poliz mahsulotlaridan biridir.
Tarvuzning 100 gramida atigi 38 kaloriya bor.

ORGANIZMDAN XILTLARNI ChIQARIB YuBORADI
Tarvuz insonda hazm qilish jarayonini yaxshilaydi, yurak-qon tomir sistemasi faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, jigar va buyraklarni tozalaydi, shuningdek, organizm­dan xolesterin moddasini chiqarib yuborishga zamin hozirlaydi. Shuning uchun organizmida muntazam tosh hosil bo‘luvchi kishilarga tarvuz iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Kuniga 2-3 kg tarvuz iste’mol qilish organizmni barcha xiltlardan osongina xalos etadi.

KO‘Z VA MIYa UChUN FOYDALI

Tarvuz iste’mol qilish ko‘rish va aqliy qobiliyatni yaxshilaydi. Olimlar o‘tkazgan tadqiqotlari natijasida shunday xulosaga kelishdi. Bu tadqiqotlar tarvuzning mag‘zi A va V6 vitaminlariga boyligini ko‘rsatdi. A vitamini ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi, V6 vitamini esa xotirani mustahkamlab, fikrlash qobiliyati tezligini oshiradi.
Tarvuz organizmni ultrabinafsha nurlardan himoya qiladi. Shuningdek, tarvuzdagi likopin deb ataluvchi modda kuchli antioksidant xossalarga ega bo‘lganidan quyosh nurlarining insonga ayovsiz salbiy ta’siriga qarshilik ko‘rsata oladi.

BILASIZMI?
Tarvuz organizm uchun eng xavfsiz mahsulot sanaladi. Tarvuzning qalin po‘stlog‘i meva ichiga atmosferadan turli zararli moddalarning kirishiga qarshilik qiladi. Lekin, ayniqsa, keyingi yillarda tarvuzning nitrat moddalar yordamida etishtirilgan hosili ko‘paydi. Bu esa salomatlik uchun xavfli. Ammo siz xavotir olmang, chunki tarvuzning qanday etishtirilganini tekshirish juda oson.

Buning uchun tarvuzdan bir bo‘lak kesib, suvga soling. Agar 1-1,5 soat o‘tgach, suv loyqalanganga o‘xshash tus olsa, bu tarvuz zararli dorilarsiz etishtirilgan va uni eyish mumkin. Agar suvning rangi yaltiroq tiniq qizg‘ish, qizil yoki qo‘ng‘ir tus olsa, bunday tarvuzni tanovul qilmang, chunki u endi darmondori emas, zaharning o‘zginasidir.

Zulfizar ISOQOVA tayyorladi.

Manba: Hordiq.uz



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Turkiyalik diyetolog sarimsoqning yoqimsiz hidini bartaraf etish chorasini aytdi 22 mar, 21:07
  • Sarimsoqpiyoz yoki issiq vanna koronavirusdan himoya qila oladimi? 10 mar, 20:33
  • Qanday qilib guldastani to‘g‘ri tanlash mumkin? 8 mart uchun foydali maslahatlar 06 mar, 07:00
  • Odam savdosi bilan shug‘ullangan shaxs fosh etildi 17 мая, 17:24
  • O‘zbekistonda kartoshka narxi oshib ketishiga nima sabab? 01 apr, 09:52
  • Bir haftada ozishning 17 usuli 28 apr, 22:46
  • So'nggi yangiliklar
  • Moddalar almashinuvini tezlashtirishning 7 samarali usuli 24 okt, 20:30 0
  • Haqiqatni aytgan faqat Mikael Sekeyra emas 24 okt, 20:00 0
  • Legionerimizning goli jamoasini YECHLga olib chiqish imkonini berdi 24 okt, 18:48 142
  • AQSH vizasini olishi mumkin bo‘lgan rossiyaliklar “boshpanasiz millatlar” toifasiga kiritildi 24 okt, 18:38 90
  • Superliga. «So‘g‘diyona» o‘z uyida «Paxtakor»ni taslim etdi 24 okt, 17:27 103
  • Joze Mourino: “Roma” xo‘jayinlari bir uyum axlat qoldirgan! 24 okt, 17:00 214
  • Turkiyada o‘nta davlat elchilari «qora ro‘yxatga» kiritildi 24 okt, 16:30 191
  • Insult xavfidan ogohlantiruvchi alomatlar 24 okt, 16:23 197
  • “Bizga Rossiya harbiy bazasining o‘zi yetadi” – Sadir Japarov 24 okt, 15:21 264
  • Ichki ishlar vaziri saylovda qancha mahbus qatnashayotganini ma’lum qildi 24 okt, 15:19 191
  • AQSH Tojikistondagi afg‘on uchuvchilarini tezroq olib ketmoqchi 24 okt, 14:30 236
  • AQSHda «eng daxshatli» jinoyatchi qamoqqa olindi 24 okt, 14:12 338
  • Bo‘limlar