“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 13:46
ЎЗO‘Z

«Abu-Saxiy» bozorida telefon o‘marish bilan shug‘ullangan ayollar ushlandi

13 iyul, 22:36 7 505 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Abu-Saxiy» bozorida telefon o‘marish bilan shug‘ullangan ayollar ushlandi Toshkentning «Abu-Saxiy» bozorida telefon o‘g‘riligi va pullarni o‘marish bilan shug‘ullangan ikki ayol ushlandi. Toshkent IIBB matbuot brifingida ma’lum qilinishicha, 2017 yilning 8 iyul kuni Kattabekova Hayot va Aripova Sevaralar Chilonzor tumanidagi «Abu-Saxiy» bozorida savdo qilayotgan Turopovaga tegishli 1 mln 200 ming so‘mlik «Samsung Galaxy J2», Boboyevaga tegishli 1 mln 300 ming so‘mlik «Samsung Galaxy Duos» telefonini va Yaminovga tegishli 1 mln 4 ming so‘m naqd pullarni talon-taroj qilishib, voqea joyidan yashirinishgan. Ikki o‘g‘ri dugona pul va telefonlar savdo rastalarida qarovsiz qoldirilganligidan foydalanib, xufyona o‘g‘rilik qilishgan.

Shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor harakatlar natijasida Kattabekova Hayot va Aripova Sevaralar qo‘lga olinib, ulardan telefon apparatlari va naqd pullar daliliy ashyolar sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani Ichki Ishlar Boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi (ya’ni, o‘g‘irlik) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilib, ayblanuvchilarning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda. Shu munosabat bilan, bu kabi voqealardan jabrlanganlar bo‘lsa, ichki ishlar idoralariga murojaat qilishlari yoki 102 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 29 mar, 13:30 0
  • Sirdaryoda egizaklarini bir xonali uyga almashtirmoqchi bo‘lgan ota-onaga hukm o‘qildi 29 mar, 09:36 50
  • O‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib, ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ayol ushlandi 29 mar, 08:48 83
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 102
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 217
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 55
  • So'nggi yangiliklar
  • Polshada Rossiya josuslik tarmog‘i ishi bo‘yicha tintuvlar o‘tkazildi 29 mar, 12:39 0
  • Samsung o‘z tarixidagi eng yaxshi selfi kamerali smartfonni namoyish etdi 29 mar, 12:12 1
  • Vadim Abramov: "Bunday sifatli va saviyali futbolchiga doim tarkibda joy topiladi" 29 mar, 11:50 5
  • Chexiya yevropalik siyosatchilarni Rossiyadan pora olish sxemasini fosh etganini da’vo qilmoqda 29 mar, 11:20 22
  • Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berildi 29 mar, 10:53 107
  • So‘rovnoma: Nursulton Ro‘ziboyev 1-raunddayoq raqibini "uxlatib" qo‘yadi 29 mar, 10:25 49
  • Ronalduning libosini kiygan taniqli bloger Messiga aloqador restorandan haydab yuborildi 29 mar, 10:02 85
  • Sirdaryoda egizaklarini bir xonali uyga almashtirmoqchi bo‘lgan ota-onaga hukm o‘qildi 29 mar, 09:36 50
  • Qozog‘istonning bir qancha hududlari toshqinlar tufayli suv ostida qoldi 29 mar, 09:08 90
  • O‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib, ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ayol ushlandi 29 mar, 08:48 83
  • Shohjahon Ergashev panamalik bokschini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi (video) 29 mar, 08:35 183
  • Oq uy Ukrainaning «Krokus» teraktiga aloqadorligi haqidagi bayonotlarni «targ‘ibot» deb atadi 29 mar, 08:08 94
  • Bo‘limlar