“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 12:45
ЎЗO‘Z

Qobil qori Odiljon o‘g‘li: “Oyoq bosish bilan inson taqdiri o‘zgarib ketmaydi”

09 iyul, 07:25 8 551 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qobil qori Odiljon o‘g‘li: “Oyoq bosish bilan inson taqdiri o‘zgarib ketmaydi” Bugun O‘zbekistonda o‘tayotgan zamonaviy to‘y-hashamlar, sir emaski, o‘ta dabdaba va hashamat bilan o‘tkazilmoqda. Buning ustiga bu marosimlarga bid’at amallar ham aralashib qolmoqda-ki, bu kishi ko‘nglini xira qiladi. Aynan mana shu holatlar, bu ishlarning ziyoni va oldini olish choralari haqida Toshkent shahridagi "Kamoliddin Orif – Al Buxoriy" jome masjidi diniy xodimi Qobil qori Odiljon o‘g‘li bilan suhbatlashildi.

Bid’at so‘zi “yangilik paydo qilish”, degan ma’noni anglatadi. Ya’ni shariatda, hadisda va oyatda yo‘q amallarni inson hayotiga olib kirish va uni singdirish bid’at amallar deyiladi. Bu, aksari holatlarda, bizning to‘y marosimlarimizda uchrab turibdi, - dedi Qobil qori Odiljon o‘g‘li.

Nikoh to‘yi boshqa marosimlarga qaraganda inson hayotida alohida o‘rin tutadi. Bu kunlar hammaga ham nasib etavermaydi. Mana shu bazmda bizda yaxshi odat bor: kuyov va kelin haqiga hoji ota-hoji onalardan duo talab qilishadi. Ammo ayrim bid’at amallarning qilinishi mutlaqo noto‘g‘ridir. Kuyovlarimiz ayrim ilmsiz kuyovjo‘ralarning, kelinlarimiz esa ilmsiz yangalarining gaplariga quloq osib, bida’at amallarga qo‘l urib qo‘yishmoqda. Toshkentdagi nikoh bazmlariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, kelinni mashinadan tushirayotgan vaqt unga kuyovning oyog‘ini, kuyov tomoni esa kelinning oyog‘ini birinchi bosishga undashadi. Bunga sabab kim birinchi oyoqni bossa o‘sha oilada peshqadam, rahbar bo‘ladi, degan xurofiy tushunchaning borligidadir.

Alloh o‘zining kalomi Qur’oni karimda: “Erkak kishi oilada rahbar”, deb marhamat qilgan. Oilada kimning ustunligini Alloh o‘z kitobida belgilab qo‘ygan. Bitta oyoq bosish bilan insonning taqdiri o‘zgarib ketmaydi. Bida’tlarga misollar ko‘p, masalan, kelin va kuyov go‘shangaga kirgach, ularning oldiga Qur’on va oyna olib kirib, ularga qarab niyat qilinglar deyiladi. Bu ham birorta e’tiborli kitobda ta’kidlangan amal emas, - deb ta’kidladi suhbatdoshimiz.

U kishining ta’kidlashicha, bunday marosimlarda yaxshi niyatlar, Yaratganga chin duolar qilinadi. Chunki bu duolarda hikmat juda ko‘p, ularning qabul bo‘lishi esa ulkan yaxshilikdir.

Qobil qori Odiljon o‘g‘li bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda bid’atlarning viloyat tomonlarda urchigan turlari, ularning nechog‘li keraksiz amallar ekanligi, bu insonni gunohkor etib, ertaga oiladan yaxshilik va barakani ketgazishi mumkinligi haqida ham fikr yuritildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 5
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 10
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 88
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 291
  • Toshkentda bolalarning qo‘liga igna va “samorez” sanchgan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 19 apr, 16:48 103
  • Futzal. O‘zbekistonda o‘tadigan jahon chempionatining mezbon shaharlari bilan tanishing (video) 19 apr, 16:32 240
  • So'nggi yangiliklar
  • «Rossiya urushga bugunoq nuqta qo‘yishi mumkin»: «Katta yettilik» talab bilan chiqdi 20 apr, 11:45 2
  • Isroilning Eronga hujumi oqibatlari haqida ma’lumot berildi 20 apr, 11:21 17
  • Ziroat Mirziyoyeva Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda ishtirok etdi 20 apr, 10:54 16
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 5
  • Rossiyaning chegaraoldi hududlariga dronlar hujum qildi 20 apr, 10:00 49
  • Samarqandda Sharja amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasi ochildi 20 apr, 09:36 9
  • Chexiya Ukraina uchun 500 mingta snaryad sotib oldi 20 apr, 09:13 22
  • “Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? 20 apr, 08:49 228
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 10
  • Neymar ijtimoiy tarmoqlarda Mbappeni haqorat qildi 20 apr, 08:13 166
  • Osiyo Kubogi. O‘zbekiston futzal terma jamoasi Iroqni yirik hisobda mag‘lub etdi (video) 20 apr, 07:57 31
  • Pokistonda qurolli hujum oqibatida “Tolibon” yetakchisiga yaqin shaxs o‘ldirildi 20 apr, 07:30 118
  • Bo‘limlar