“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2024, 23:19
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev profilaktika inspektori xizmat xonasidan Xorazmga aloqaga chiqdi

08 iyul, 21:56 9 565 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev profilaktika inspektori xizmat xonasidan Xorazmga aloqaga chiqdi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan shahridagi “Orzu” mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati, profilaktika inspektori yashash joyi bilan tanishdi. Bu haqda Qalampir.uz sayti xabar berdi.

Orzu mahallasida Birinchi Prezidentning 2009 yil 3 avgustdagi “Qishloq joylarda uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bo‘yicha 2014-2016 yillarda namunali loyihalar asosida 708 uy-joy, mahallaning yangi binosi qurilib, foydalanishga topshirildi. 6 ming 300 dan ziyod aholi istiqomat qilayotgan mahallada otalar choyxonasi, savdo shoxobchalari, mini futbol maydoni, bolajonlar uchun turli attraksionlar ishlab turibdi.

Bu erda mahalla raisi, kotibi va maslahatchisi, profilaktika inspektori uchun alohida xonalar mavjud. Kutubxona zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari, zarur adabiyotlar bilan ta’minlangan. Joriy yilda mahalla binosi yonida profilaktika inspektori uchun xizmat uyi qurildi.

Davlat rahbari “Orzu” mahalla fuqarolar yig‘ini profilaktika inspektori xizmat xonasida o‘rnatilgan kompyuter orqali Xorazm viloyati Xiva tumani ichki ishlar bo‘limi xodimlari bilan videomuloqot qildi.

"Profilaktika inspektorlari faoliyatini takomillashtirish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish, sodir etilgan har bir jinoyatni tahlil qilish, jinoyatchilikni professional darajada aniqlash lozim. Profilaktika inspektorlari xizmat uylari, imtiyozli kreditlar asosida mashinalar bilan ta’minlanayotgani ular mahallaning har bir xonadoni bilan samarali ishlashida muhim ahamiyat kasb etmoqda", dedi Shavkat Mirziyoyev.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 12
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 139
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 66
  • Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi 18 apr, 17:23 139
  • Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi 18 apr, 16:48 123
  • O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi 18 apr, 13:24 163
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari konsert tomosha qildilar 18 apr, 22:53 0
  • Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi 18 apr, 22:30 0
  • Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi 18 apr, 22:11 0
  • Sensatsiya! U23 Osiyo Kubogi 2-turida Indoneziya Avstraliyani mag‘lubiyatga uchratdi 18 apr, 21:49 9
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 12
  • Og‘abek Sobirov, Munojat Yo‘lchiyeva, Ozodbek Nazarbekov va Yulduz Usmonova «Tojikiston xalq hofizi» bo‘ldi 18 apr, 21:20 25
  • Qirg‘izistonda inson a’zolarini sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh aniqlandi 18 apr, 21:07 49
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 139
  • Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi? 18 apr, 19:38 332
  • Futzal. Qirg‘izistonliklar amaldagi Osiyo chempionini mag‘lub etishdi 18 apr, 19:19 113
  • Biznes imkoniyatingizni kengaytiring 18 apr, 19:00 21
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 77
  • Bo‘limlar