“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 17:04
ЎЗO‘Z

Sergelida yangi uylarni noqonuniy o‘zlashtirmoqchi bo‘lgan guruh faoliyati fosh etildi

07 iyul, 06:39 6 388 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sergelida yangi uylarni noqonuniy o‘zlashtirmoqchi bo‘lgan guruh faoliyati fosh etildi Sergeli tumanida qurilayotgan yangi ko‘p qavatli uylarni taqsimlashda yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarliklarga barham berildi. Toshkent shahar prokuraturasi Kun.uz sayti so‘roviga ko‘ra, shu haqda axborot berdi. Toshkent shahar prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Murodjon Sodiqovning aytishicha, Sergeli tuman prokuraturasi tomonidan Sergeli tumanida qurilayotgan ko‘p qavatli uylarni taqsimlash yo‘nalishida surishtiruv ishlari olib borilgan.

Unda aniqlanishicha, shu hududda doimiy yashovchi bir guruh shaxslar, “Qipchoq” MFY mansabdor shaxslari va profilaktika nozirlari o‘zaro oldindin til biriktirishgan hamda buziladigan uylar ro‘yxatiga kiritilgan 35, 49, 53a, 107a, 111b sonli uy-joylarda haqiqatda doimiy yashamaydigan fuqarolarni doimiy istiqomat qilishi haqida dalolatnomalar tuzishgan va tasdiqlashgan. Shundan so‘ng, ular rasmiy hujjatlarga soxta ma’lumotlar va yozuvlar kiritishgan. Ular davlat tomonidan buzilgan uy hisobiga kattaroq maydonli xonadonlarni ajratishgan va shu bilan davlat mablag‘lariga jiddiy ziyon etkazishgan.

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani prokuraturasi tomonidan 2017 yil 29 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 228-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandi (soxta ma’lumotlarni taqdim etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ushbu ish bo‘yicha Sergeli tumani er resurslari va ko‘chmas mulk kadastr xizmatidan Qipchoq ko‘chasi 35, 49, 53a, 107a, 111b uylarning mulkdorlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlar olib qo‘yilib, bir necha shaxslar guvoh tariqasida so‘roq qilingan.

Hozirgi kunda, mazkur jinoyat ish yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 31
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 98
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 104
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 51
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 109
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 53
  • So'nggi yangiliklar
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 1
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 1
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 10
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 20
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 31
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 160
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 172
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 78
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 98
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 48
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 165
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 104
  • Bo‘limlar