“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 19:03
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev Farg‘onaga tashrif buyurdi

22 iyun, 10:54 7 965 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev Farg‘onaga tashrif buyurdi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, yangi loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida bugun, 22 iyun kuni Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurdi, deb xabar berdi Qalampir.uz.

Farg‘ona viloyati o‘zining er osti va er usti boyliklari, rivojlangan sanoat va kommunikasiya tarmoqlari bilan mamlakatimiz taraqqiyotida alohida o‘rin tutadi. Viloyatning iqtisodiy salohiyati aholi turmush darajasini oshirishda muhim omil bo‘lmoqda.

Joriy yilning birinchi choragida viloyatda yalpi hududiy mahsulot 6,1 foiz o‘sdi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish, investisiya loyihalarini amalga oshirish, qurilish, xizmatlar ko‘rsatish sohalarida barqaror o‘sish sur’atlari ta’minlandi.

Sanoat mahsulotining 96 foizdan ortig‘i kimyo, neft-kimyo, yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati, mashinasozlik va qurilish materiallari tayyorlash kabi zamonaviy tarmoqlarda ishlab chiqarilmoqda. Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi, “Farg‘ona azot”, “Avtooyna”, Qo‘qon mexanika zavodi, “DEU tekstil Farg‘ona”, “Qo‘qon Indorama tekstil” kabi yirik sanoat korxonalari nafaqat viloyat, balki mamlakatimiz iqtisodiyotida alohida o‘rin eagallaydi.

Zamonaviy sanoat tarmoqlarini rivojlantirish, xalqaro bozorda raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqaradigan yangi korxonalar barpo etish va mavjud quvvatlarni modernizasiya qilish tizimli ravishda davom ettirilmoqda. Eksport qiluvchi korxonalar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgani, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari eksport faoliyatiga keng jalb etilayotgani samarasida viloyatning bu boradagi salohiyati muttasil oshib bormoqda.

Davlat rahbarining 2017 yil 12 yanvardagi farmoniga asosan tashkil etilayotgan “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi bu boradagi imkoniyatlarni yanada kengaytiradi.

Tadbirkorlik faoliyati bilan shuhrat qozongan Farg‘ona zaminida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi jadal rivojlanmoqda. Bu sohaning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 62 foizga, eksportdagi ulushi 58 foizga etgan. Mehnat bilan band aholining 81 foizi shu sohada ishlamoqda.

Viloyatning omilkor dehqon va fermerlari qishloq xo‘jaligida ulkan natijalarga erishmoqda. Takroriy ekinlardan, tomorqadan unumli foydalanib, qo‘shimcha daromad topmoqda. Shu kunlarda g‘alla hosili yig‘ib olinmoqda.

Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturida mamlakatimizning har bir hududi kabi Farg‘ona viloyatini ham har tomonlama rivojlantirish, iqtisodiyotni modernizasiya va diversifikasiya qilish, ulkan bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish, aholi hayot darajasini yuksaltirish borasida aniq reja va maqsadlar bayon etilgan edi.

Prezident Farg‘onaga tashrifi davomida mazkur rejalar ijrosi, istiqboldagi loyihalar bilan tanishadi, xalq bilan muloqot qilib, shahar va tumanlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechiradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 232
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 54
  • O‘zbekistonda 1 km/kv maydonga qancha aholi to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi 15 apr, 12:06 150
  • 15 aprel uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi 14 apr, 18:03 151
  • O‘zbekistonning ayrim hududlarida 13 aprel kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda 12 apr, 13:24 299
  • O‘zbekistonda 11 aprel kuni havo harorati 32 darajagacha ko‘tariladi 10 apr, 13:11 53
  • So'nggi yangiliklar
  • Shomurodov qaytgach «Yuve»dan ko‘proq ochko yig‘ayotgan «Kalyari». «Inter»dan keyin «Yuve» ham to‘xtatiladimi? 19 apr, 18:48 1
  • Isroil Madrimov mutlaq chempion Terens Kroufordga qarshi ringga ko‘tarilishi mumkin 19 apr, 18:28 1
  • G‘azodagi urush Isroil iqtisodiyotiga qanday ta’sir qildi? 19 apr, 18:00 2
  • Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega? 19 apr, 17:33 74
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 31
  • Toshkentda bolalarning qo‘liga igna va “samorez” sanchgan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 19 apr, 16:48 28
  • Futzal. O‘zbekistonda o‘tadigan jahon chempionatining mezbon shaharlari bilan tanishing (video) 19 apr, 16:32 97
  • Toshkent viloyatida jahl ustida mijozining sochini kalga olib tashlagan sartarosh uzr so‘radi (video) 19 apr, 16:09 75
  • Stavropol o‘lkasida harbiy samolyot quladi (video) 19 apr, 15:48 107
  • Tramp: “Ukrainaning omon qolishi AQSH uchun ham muhim” 19 apr, 15:37 154
  • Shomurodovning ustoziga maxsus mukofot topshirildi 19 apr, 13:57 171
  • Abbosbek Fayzullayev ushbu reytingda peshqadam! 19 apr, 13:30 226
  • Bo‘limlar