“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 18:28
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlariga hozirgacha 300 mingdan ortiq abiturientlar hujjat topshirdi

14 iyul, 21:11 10 339 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlariga hozirgacha 300 mingdan ortiq abiturientlar hujjat topshirdi Bugungi kunda 2015/2016 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari ketmoqda. Joriy yilda bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha kunduzgi bo‘limlarga umumiy qabul kvotasi 57907, shu jumladan, davlat grantlari bo‘yicha 19120 va to‘lov-kontrakt asosida 38787 nafar miqdorida belgilangan.

DTM saytidagi maxsus sahifada keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur xabar kiritilayotgan vaqtda hujjat topshirgan abiturientlar soni butun respublika bo‘ylab, 305 392 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda xushnudbek.uz saytiga tayanib Kun.uz sayti xabar bermoqda.

Ayni vaqtda respublika bo‘yicha Termiz davlat universitetiga eng ko‘p hujjat topshirilgan - 18 ming 303 nafar. Bu oliygohda talabalar qabul qilish uchun 1662 o‘rin mavjud bo‘lib, konkurs ko‘rsatkichi bir o‘rin uchun 11,01 miqdorida bo‘lib turibdi.

Bu boradagi kuchli beshlikda Jizzax davlat pedagogika instituti (13773 nafar abiturient, 1615 o‘rin va 8,53talik konkurs), Andijon davlat universiteti (12319 nafar abiturient, 1400 o‘rin va 8,80talik konkurs), Qarshi davlat universiteti (12138 nafar abiturient, 1280 o‘rin va 9,48talik konkurs) hamda Samarqand davlat universiteti (11432 nafar abiturient, 1615 o‘rin va 7,08talik konkurs) kabi Oliy ta’lim muassasalari o‘rin olgan.

Eng katta o‘rtacha tanlov esa, har yilgidek Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialiga bo‘lib turibdi. Hozircha mazkur OTMga ajratilgan bitta o‘ringa o‘rtacha 15,6 kishi da’vogarlik qilmoqda.

Aytib o‘tish joizki, o‘tgan yili hujjat topshirgan abiturientlar soni bo‘yicha rekord natija qayd etilgan edi. Ya’ni 543 ming nafardan ko‘proq abiturient talabalik baxtiga musharraf bo‘lish uchun o‘z omadini sinab ko‘rishga ahd qilgan edi. Bu bir o‘rin uchun o‘rtacha 9,4 kishi da’vogarlik qilgan deganidir.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlab o‘tish joizki, O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari an’anaga ko‘ra har yili 1 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 0
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 110
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 151
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 123
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 57
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 116
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 0
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 19
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 9
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 58
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 84
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 89
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 51
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 110
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 243
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 301
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 129
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 151
  • Bo‘limlar