“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 17:00
ЎЗO‘Z

Xorijda ta’lim olganlarning diplomlari sinovlarsiz qabul qilinadi

01 iyun, 10:03 9 406 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xorijda ta’lim olganlarning diplomlari sinovlarsiz qabul qilinadi Poytaxtimizda O‘zbekiston «Adolat» sosial-demokratik partiyasi siyosiy kengashi hamda partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda «Oliy ta’lim sohasini rivojlantirishning istiqbollari» mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.

O‘zbekiston «Adolat» sosial-demokratik partiyasi siyosiy kengashi raisi N.Umarov va boshqalar mamlakatimizda ta’lim tizimiga davlat siyosati darajasida qaralishini, ushbu sohada olib borilayotgan islohotlar yangi bosqichga ko‘tarilganini ta’kidladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 3 apreldagi «Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikasiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi to‘g‘risida Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qarori ijrosi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

– Ilmiy-tadqiqot ishlari, mutaxassislarni tayyorlash darajasi va sifatini oshirish, oliy o‘quv yurtlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, hududlar va tarmoqlardagi mavjud ehtiyojni inobatga olgan holda mutaxassislar tayyorlash, oliy o‘quv yurtlarining innovasion infratuzilmasini kuchaytirishga doir qo‘shimcha me’yoriy-huquqiy hujjatlar va maqsadli dasturlar ishlab chiqish partiyamizning eng muhim dasturiy maqsadlaridandir, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Qodir Jo‘raev.

Davra suhbatida Vazirlar Mahkamasining qarori bilan joriy yildan boshlab xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikasiyalash, ya’ni ekvivalentligini qayd etish tartibiga kiritilgan yangiliklar xususida so‘z yuritildi.

Ushbu hujjatga ko‘ra, dunyoning etakchi, xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarda turgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olgan bitiruvchilarning diplomlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri maxsus sinovlarsiz nostrifikasiyalash amalga oshirilishi belgilangan. Ushbu yangilik xorijning etakchi oliy ta’lim muassasasini tamomlagan oliy malakali kadrlarning o‘z bilimi va salohiyatini Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida sarflashiga xizmat qiladi. Mamlakatimiz mehnat bozorida oliy ma’lumotli kadrlar o‘rtasida raqobat muhitini kuchaytiradi.

Manba: UzA




Mavzuga oid yangiliklar
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 76
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 72
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 63
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 92
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 554
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 519
  • So'nggi yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 0
  • Qirg‘izistonda elektromobillar yashil davlat raqamida harakatlanadi 25 apr, 15:45 4
  • Ukraina Vazirlar Mahkamasi: Xorijdagi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ukrainalik erkaklar endi pasport ololmaydi 25 apr, 15:22 11
  • Futzal. Osiyo chempionati 1/4 final: Vetnam qanday taslim etildi? (video) 25 apr, 15:06 16
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 139
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 45
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 135
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 75
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 153
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 39
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 76
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 163
  • Bo‘limlar