«Milan» klubi «PSJ» hujumchisi Zlatan Ibrohimovichni sotib olishni rejalashtirgan. Xabar qilinishicha, milanliklar hujumchiga yiliga 6 million evro maosh taklif qilmoqda, deb yozmoqda «Uff.uz».
«Muxlislar jamoada Ibrohimovichni ko‘rishni istamoqdalar? Agarda u kelsa men ham qarshi bo‘lmas edim», - deydi Berluskoni.
Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli hujumchi «Milan» safida ikki mavsum o‘ynagan va 2012 yilda 21 million evro evaziga «PSJ»ga o‘tgan edi.