“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2024, 23:24
ЎЗO‘Z

Qirg‘izistonlik migrantlar bu yili Rossiyadan o‘z yurtiga rekord darajada pul yubordi

26 мая, 14:44 6 362 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qirg‘izistonlik migrantlar bu yili Rossiyadan o‘z yurtiga rekord darajada pul yubordi Rossiyada ishlovchi qirg‘izistonlik mehnat migrantlari o‘z yurtlariga joriy yilning ilk uch oyi davomida rekord hajmdagi mablag‘ni yubordi. Respublika Milliy bankining statistik hisobotiga ko‘ra, gap 433 mln. dollar haqida bormoqda.

"Bu vaqt davomida 2016 yilning xuddi shu davri bilan taqqoslaganda pul o‘tkazmalari hajmi 67 foizga ortdi va 433 mln. dollarni tashkil qildi", - deyiladi hujjatda. Bir yil avval bu summa 291 mln. dollarga teng edi. Statistikaga ko‘ra, summa hattoki 2013 yilning yanvar-mart oylari ko‘rsatkichidan ham oshib ketgan, o‘shanda migrantlar uch oy ichida 411 mln. dollar mablag‘ o‘tkazgandi.

Umuman hisobda, Qirg‘izistondan bo‘lgan mehnat migrantlari so‘nggi 12 yil davomida o‘z yurtlariga 16,4 mlrd. dollarlik pul o‘tkazmalarini yuborgan. Bu summaning taxminan 95 foizi respublikaning Rossiyada ishlovchi fuqarolari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Qirg‘iziston hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada ayni damda ushbu davlatning 500 mingdan 1 mln.ga yaqin fuqarosi ishlamoqda.

Avvalroq 2016 yilda jismoniy shaxslar tomonidan Rossiyadan O‘zbekistonga kredit tashkilotlari, jumladan to‘lov tizimlari orqali yuborilgan umumiy pullar miqdori 2,741 mlrd dollarni tashkil qilgani haqida xabar bergandik.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisi pora olayotganda ushlandi 16 apr, 22:45 0
  • 1 maydan elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflari o‘zgaradi 16 apr, 22:16 0
  • Shavkat Mirziyoyev 12 hududda oqsayotgan jarayon haqida gapirdi 16 apr, 21:00 58
  • O‘zbekistonliklar Latviyaga ishga taklif qilinmoqda 16 apr, 17:42 158
  • Cobalt avtomashinasida salkam 30 mln. so‘mlik jarima aniqlandi 16 apr, 17:02 59
  • O‘zbekistonda transport vositalari ekologik nazoratdan o‘tkazilmoqda 16 apr, 14:43 101
  • So'nggi yangiliklar
  • Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisi pora olayotganda ushlandi 16 apr, 22:45 0
  • 1 maydan elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflari o‘zgaradi 16 apr, 22:16 0
  • Eron-Isroil mojarosi: siyosatshunoslar qanday fikrda? 16 apr, 21:50 0
  • Olimlar keksalikda ham aql-idrokni saqlab qolishning oddiy usullarini aniqladi 16 apr, 21:24 5
  • Shavkat Mirziyoyev 12 hududda oqsayotgan jarayon haqida gapirdi 16 apr, 21:00 58
  • Italiya futbolini yorituvchi L'Unione Sarda nashri: “Bu ikkisidan ehtiyot bo‘ling” 16 apr, 20:35 103
  • Malayziya bosh murabbiyi: "O‘zbekistonni yutish uchun eng zo‘r o‘yinimizni namoyish etishimiz shart" 16 apr, 20:20 48
  • U-23 Osiyo kubogi. Timur Kapadze: "Har bir jamoa musobaqani g‘alaba bilan boshlashni istaydi" 16 apr, 19:56 76
  • Shomurodovning oxirgi goli jamoadoshini rekordchiga aylantirdi 16 apr, 19:40 194
  • "Andijon"ning toza goli inobatga olinmagan, "Nasaf" tepgan penalti noto‘g‘ri, lekin ... 16 apr, 19:13 153
  • Dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 16 apr, 18:57 66
  • Crocus terakti bo‘yicha ayblanayotgan ikki tojikistonlik hibsga olinishi yuzasidan shikoyat qildi 16 apr, 18:30 333
  • Bo‘limlar