O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekinda "Bir mintaqa – bir yo‘l" forumi doirasida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Erdo‘g‘an bilan uchrashdi, deb yozadi Qalampir.uz nashri.
O‘zbekiston bilan Turkiya savdo-iqtisodiyot, investisiya, sayyohlik va boshqa sohalarda o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish uchun hali foydalanilmagan ulkan salohiyatga ega.
Uchrashuvda 2016 yil 18 noyabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi muhokama qilindi.