“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 07:38
ЎЗO‘Z

Yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarimalarni internet orqali bepul bilib olish imkoni paydo bo‘ldi

11 мая, 23:58 13 090 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarimalarni internet orqali bepul bilib olish imkoni paydo bo‘ldi O‘zbekistondagi haydovchilar Yo‘l harakati qoidalarini buzganligi, xususan, Toshkent shahri yo‘llariga o‘rnatilgan kameralar va radarlar qaydlariga tushgan yoki tushmaganini mustaqil aniqlash imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Endilikda, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali foydalanuvchilari belgilangan jarimalar xususida ma’lumot olishlari mumkin. Bu haqda Toshkent IIBBda bo‘lib o‘tgan matbuot brifingida «Elektron hukumat» markazi direktor birinchi o‘rinbosari Murod Rasulov OAV vakillariga ma’lum qildi, deb yozadi Kun.uz sayti. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozircha, bu sinov tariqasida ishga tushirilgan.

Ushbu my2.gov.uz portal orqali istalgan haydovchi kameralar uning mashinasini qoidabuzganlikda aniqlagani yoki yo‘qligini mustaqil ravishda aniqlab olishi mumkin bo‘ladi. Bu esa, uyga jarima xususida maktub kelishidan avvalroq jarimaga tortilgani yoki yo‘qligini bilib olish mumkinligini anglatadi.

Buning uchun haydovchi dastavval, «Elektron hukumat» avtomobil davlat raqami, transport vositasini qayd etish guvohnomasi seriyasi va raqami, shuningdek, sug‘urta polisi raqamini kiritish lozim bo‘ladi.

Ushbu xizmat O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarni rivojlantirish vazirligi ko‘magida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining yangilangan namunasida taqdim etiladi.

Uni UZINFOCOM markazi va «Elektron hukumat»ni rivojlantirish markazi hamkorlikda taqdim etadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Biznes imkoniyatingizni kengaytiring 18 apr, 19:00 80
  • Hindistonni rivojlantirish strategiyasi sun’iy intellekt yordamida yaratildi 18 apr, 13:45 63
  • TikTok fotosuratlar uchun mo‘ljallangan yangi ilovani chiqaradi 13 apr, 22:30 41
  • Dunyodagi eng yupqa qo‘l soati chiqarildi (video) 11 apr, 21:21 92
  • Italiyada oyoq o‘lchamiga moslashuvchan ko‘p yillik krossovka ixtiro qilindi 11 apr, 17:44 78
  • AQSH fuqarolarga “Kasperskiy laboratoriyasi” dasturiy ta’minotidan foydalanishni taqiqlamoqchi 10 apr, 14:06 51
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Xitoyni Ukrainadagi urushni bilvosita avj oldirayotganlikda aybladi 20 apr, 07:00 0
  • Rossiyaning o‘ndan ortiq mintaqasida migrantlarning ayrim sohalarda ishlashi taqiqlandi 20 apr, 06:30 0
  • Armaniston chegara delimitatsiyasi natijasida 4 qishloqni Ozarboyjonga qaytardi 20 apr, 06:00 0
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 59
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 100
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 156
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 329
  • Chasiv Yar ham xavf ostida. Bu shaharni yo‘qotmaslik Ukraina uchun nega bunchalik muhim? 19 apr, 23:23 189
  • Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston hududida joylashgan Barak eksklavi aholisini ko‘chirishni yakunladi 19 apr, 22:56 249
  • Germaniya va Polsha aviakompaniyalari Tel-Avivga reyslarni bekor qildi 19 apr, 22:30 52
  • «Ko‘z o‘ngimizdagi haqiqat». Alonso qaysi jamoani tanlagan? 19 apr, 22:00 97
  • Dubayda 50 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qolib ketgani aniqlandi 19 apr, 21:30 117
  • Bo‘limlar