“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 18:39
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda Boks bo‘yicha Jahon chempionati o‘tkazilishi mumkin

07 мая, 17:04 6 877 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda Boks bo‘yicha Jahon chempionati o‘tkazilishi mumkin O‘zbekiston boks federasiyasi Boks bo‘yicha Jahon chempionatini o‘tkazish uchun ariza topshiradigan bo‘lsa, uning murojaati ijobiy tomondan ko‘rib chiqilishi mumkin, deb yozadi Kun.uz sayti. AIBA prezidenti Dr. Ching Kuo Wu so‘zlariga ko‘ra, “O‘zbekiston bu kabi musobaqani o‘tkazish xohishini bildirsa, uning arizasi tashkilotga a’zo ko‘pchilik davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi mumkin”. Shu bilan birga, uning qayd etishicha, O‘zbekiston tomoni bu kabi musobaqalarni o‘ta yuqori darajada o‘tkaza olishini 29-Osiyo chempionati davomida yana bir bor isbotladi.

Bugun 7 may kuni International Hotel Tashkent mehmonxonasida Boks bo‘yicha 29-Osiyo chempionati poyoniga etishi munosabati bilan AIBA prezidenti Dr. Ching Kuo Wu, ASBC prezidenti Serik Konakbaev hamda O‘zbekiston boks federasiyasi vakili Malik Babaev ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

AIBA prezidenti Dr. Ching Kuo Wu mazkur musobaqaning yuqori saviyada o‘tkazilgani bilan O‘zbekiston boks federasiyasiga va barcha mas’ullarga minnatdorchilik bildirar ekan, o‘zbek bokschilari ko‘rsatayotgan yuqori natijadan faqat xursand bo‘lishini ta’kidladi. U bugungi final janglarini o‘tkazadigan barcha sportchilarga omad tilab, JCh yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bokschilarga omad tiladi.

ASBC prezidenti Serik Konakbaev ham Osiyo miqyosidagi chempionat ajoyib o‘tkazilganini ta’kidladi. U JCh yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan barcha bokschilarga Germaniyaning Hamburg shahrida bo‘lib o‘tajak jahon birinchiligida qit’a sharafini munosib himoya qilishlariga tilak bildirdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentning “Bunyodkor” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi 28 mar, 17:00 79
  • Sensatsiya ko‘targan bokschi Bahodir Jalolov oldida “ip esholmadi”, biroq... 28 mar, 00:00 913
  • Eldor Shomurodovning jarohatiga oydinlik kiritildi, lekin... 27 mar, 21:05 677
  • “Bunyodkor” stadionida o‘sha xunuk holat yana takrorlandi 27 mar, 17:43 1 069
  • Yevro-2024: barcha ishtirokchi jamoalar ma’lum bo‘ldi 27 mar, 07:49 267
  • Gruziya ilk marotaba Yevropa chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 27 mar, 02:20 212
  • So'nggi yangiliklar
  • Rus nashrlari: «Krokus»da terakt uyushtirganlar narkotik ta’sirida bo‘lgan 28 mar, 17:40 29
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 10
  • Toshkentning “Bunyodkor” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi 28 mar, 17:00 79
  • Lezviya bilan badanini kesgan yigit hodisasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi 28 mar, 16:44 121
  • Qandli diabet kasalligida ro‘za tutsa bo‘ladimi? 28 mar, 16:20 68
  • 29 mart kuni O‘zbekiston hududida qanday ob-havo kutilmoqda? 28 mar, 15:53 96
  • Jizzaxda ikki rahbar 64 gektar yerni sotayotganda qo‘lga olindi 28 mar, 15:30 53
  • Rossiya NATO bilan jang qilish niyatidami? Putin nima deb javob berdi? 28 mar, 15:07 275
  • Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi 28 mar, 14:43 45
  • Toshkentda 29 mart kuni «Avtomobilsiz kun» tadbiri o‘tkaziladi 28 mar, 14:24 45
  • AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi 28 mar, 14:00 90
  • Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi? 28 mar, 13:31 426
  • Bo‘limlar