“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 20:08
ЎЗO‘Z

Klichko-Joshua jangi: ukrainalik bokschi jang davomida operasiya qilindi

04 мая, 11:01 8 144 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Klichko-Joshua jangi: ukrainalik bokschi jang davomida operasiya qilindi 29 dan 30 aprelga o‘tar kechasi o‘ta og‘ir vazn toifasida chempionlik kamari uchun Vladimir Klichko hamda Entoni Joshua ringga ko‘tarilishdi. Jahonning sobiq chempioni 41 yoshli Klichko 11-raundda texnik nokaut bilan og‘ir vazndagi IBF, IBO va WBA Super kamarlari sohibi 27 yoshli angliyalik Entoni Joshuaga mag‘lub bo‘ldi.

Klichko Joshuaga qarshi jangdan so‘ng kiyim almashtirish xonasida boshidan jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. Ukrainalik bokschining chap ko‘zi ostidagi yoriqni plastik jarroh kiyim almashtirish xonasining o‘zidayoq tikib qo‘ydi.

Xabarlarga ko‘ra, 3 santimetrli yarani bokschi jangning 5-raundida Joshuaning kuchli zarbasidan so‘ng orttirib olgan.

Avvaliga Klichkoning katmeni Jeykob Dyuran unga ringning o‘zida yordam ko‘rsatgan. Dunyoning eng kuchli mutaxassisi sportchining jarohati va yaralariga birinchi bo‘lib adrenalin bilan ishlov bergan. Keyinchalik yara ustidan muzli kompress qo‘ygan. Chunki agar Dyuran shu ishni amalga oshirmaganida Klichko jangni davom ettira olmasdi. Qiziqarlisi, Dyuran amaliyotni jang oxirigacha har bir raund to‘xtalishlarida olib bordi.

Jang yakuniga etgach, yaraga ishlov berishda kosmetik jarroh qo‘shildi. Doktor Kristof Kryuss jarrohlik amaliyotini kiyim almashtirish xonasida amalga oshirdi va qoshning yorig‘iga 9 tugun tikkan.

“Jarohat unchalik jiddiy emas, terining ichki qismi tikilmadi. Faqatgina ip bilan tikib qo‘yish kifoya bo‘ldi”, dedi jarroh.

Vitaliy 2003 yil Los-Anjelesda Lennoks Lyuisga qarshi jang o‘tkazganida shifokorlarga qiyin bo‘lgandi. Chunki o‘sha vaqtda jarrohlar 3 joy – ko‘z osti, usti va labga ip tikib chiqishgan, deyiladi xabar yakunida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonlik besh nafar hakam Qatardagi U-23 Osiyo kubogida faoliyat olib boradi 28 mar, 18:49 24
  • Toshkentning “Bunyodkor” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi 28 mar, 17:00 156
  • Sensatsiya ko‘targan bokschi Bahodir Jalolov oldida “ip esholmadi”, biroq... 28 mar, 00:00 967
  • Eldor Shomurodovning jarohatiga oydinlik kiritildi, lekin... 27 mar, 21:05 695
  • “Bunyodkor” stadionida o‘sha xunuk holat yana takrorlandi 27 mar, 17:43 1 078
  • Yevro-2024: barcha ishtirokchi jamoalar ma’lum bo‘ldi 27 mar, 07:49 267
  • So'nggi yangiliklar
  • «Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi 28 mar, 20:00 0
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 10
  • Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari: «Savol o‘rinli, ammo biz tan olmaymiz» 28 mar, 19:30 69
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 51
  • O‘zbekistonlik besh nafar hakam Qatardagi U-23 Osiyo kubogida faoliyat olib boradi 28 mar, 18:49 24
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 30
  • UzAuto Motors avtomobillaridan biriga shartnoma berishni boshlaydi 28 mar, 18:02 68
  • Rus nashrlari: «Krokus»da terakt uyushtirganlar narkotik ta’sirida bo‘lgan 28 mar, 17:40 261
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 18
  • Toshkentning “Bunyodkor” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi 28 mar, 17:00 156
  • Lezviya bilan badanini kesgan yigit hodisasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi 28 mar, 16:44 197
  • Qandli diabet kasalligida ro‘za tutsa bo‘ladimi? 28 mar, 16:20 110
  • Bo‘limlar