“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 06:20
ЎЗO‘Z

Terminal orqali tovar narxiga ustama narx qo‘ygan tadbirkorlar jazolandi

29 apr, 12:34 6 772 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Terminal orqali tovar narxiga ustama narx qo‘ygan tadbirkorlar jazolandi Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida davlat soliq xizmati organlarining “Ishonch telefon”lariga 3758 ta murojaat kelib tushgan. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi Axborot xizmatiga tayanib Qalampir.uz xabar berdi.

Ushbu murojaatlarning aksariyatida savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida savdo qoidalarining buzilgani hamda to‘lovlarni bank plastik kartochkalari orqali amalga oshirishda hisob-kitob terminal apparatlari ishlatilmayotgani, xarid cheki bermaslik holatlari qayd etilgan.

Xususan, mazkur murojaatlar asosida 2017 yilning o‘tgan davri mobaynida birgina Toshkent viloyatidagi bozorlar va savdo komplekslarida jami 230 dan ortiq nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Ushbu tadbirlar natijasida 79 ta holatda nazorat-kassa mashinasidan foydalanmaslik, 75 ta holatda savdo va xizmat ko‘rsatishdan tushgan naqd pul tushumini bank kassalariga topshirmaslik, 33 ta holatda to‘lov terminallari o‘rnatmaganlik va 2 ta holatda to‘lovlarni bank plastik kartochkalari orqali amalga oshirishda tovar narxiga nisbatan ustama haq qo‘yish singari qoidabuzilishlar aniqlangan.

Shuningdek, Davlat soliq qo‘mitasining Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasining Buxoro viloyat bo‘limi xodimlari tomonidan viloyat markazidagi “Karvon” savdo kompleksi, “Markaziy” va “To‘qimachi” dehqon bozorlari hamda “Sitora” avtomobil bozorlarida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida 100 dan ortiq tadbirkorlik sub’ektlarida tashkil etilgan qisqa muddatli nazorat tadbirlarida nazorat kassa mashinasidan xarid cheki bermaslik, 40 dan ortiq holatda to‘lov terminali o‘rnatmaslik, 100 ga yaqin holatda naqd pul tushumlarini yashirish orqali ularni bankka topshirmaslik hamda to‘lovlarni to‘lov terminali orqali qabul qilishda qo‘shimcha ustama qo‘yish va to‘lovni plastik karta orqali qabul qilishdan bosh tortish singari qonunchilik talablari qo‘pol tarzda buzilgani aniqlangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 70
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 249
  • Toshkentda bolalarning qo‘liga igna va “samorez” sanchgan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 19 apr, 16:48 97
  • Futzal. O‘zbekistonda o‘tadigan jahon chempionatining mezbon shaharlari bilan tanishing (video) 19 apr, 16:32 235
  • Toshkent viloyatida jahl ustida mijozining sochini kalga olib tashlagan sartarosh uzr so‘radi (video) 19 apr, 16:09 222
  • 2024-2025 o‘quv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi 19 apr, 13:11 123
  • So'nggi yangiliklar
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 59
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 99
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 155
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 328
  • Chasiv Yar ham xavf ostida. Bu shaharni yo‘qotmaslik Ukraina uchun nega bunchalik muhim? 19 apr, 23:23 189
  • Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston hududida joylashgan Barak eksklavi aholisini ko‘chirishni yakunladi 19 apr, 22:56 249
  • Germaniya va Polsha aviakompaniyalari Tel-Avivga reyslarni bekor qildi 19 apr, 22:30 52
  • «Ko‘z o‘ngimizdagi haqiqat». Alonso qaysi jamoani tanlagan? 19 apr, 22:00 96
  • Dubayda 50 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qolib ketgani aniqlandi 19 apr, 21:30 117
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 69
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 2-turda Iroqni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi 19 apr, 20:41 151
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 70
  • Bo‘limlar