“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 16:39
ЎЗO‘Z

Toshkentda ikkita shirkat rahbari pora ustida qo‘lga olindi

28 apr, 11:22 6 658 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda ikkita shirkat rahbari pora ustida qo‘lga olindi Toshkent shahrining Yunusobod va Shayhontoxur tumanidagi ikkita xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati rahbarlari ishga joylashtirishni “biznes”ga aylantirishga uringani aniqlandi. Cho‘ntak qappaytirishning oson usuli ularga qimmatga tushdi.

2017 yilning mart oyida o‘talmay qolgan jazosini ish haqidan 30 foizini davlatga o‘tkazib berish sharti bilan axloq tuzatish ishlariga mahkum etilgan olmazorlik fuqaro A. ish izlab Yunusobod tumanidagi “Zulfiya-kommunal” xususiy uy-joy mulkdorlar shirkati raisi Asror Ravshanovga murojaat etadi.

A.Ravshanov ishga joylashtirish evaziga 100 AQSh dollari, bundan tashqari, har oyning yakuni bo‘yicha ham cho‘tal berib turishni shart qilib qo‘yadi.

Shayhontoxur tumanidagi “Xadra kommunal to‘lov” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati raisi Adolat Abduqodirova esa A.Ravshanovdan ham o‘tib tushadi. A.Abduqodirova undan ish so‘rab kelgan Olmazor tumanida yashovchi fuqaro B. dan ishga joylashtirish evaziga 200 AQSh dollari talab qiladi.

Fuqaro A. va B.ning ichki ishlar idoralariga mazkur holatlar yuzasidan qilgan murojaatlari asosida har ikkala shirkat rahbari ham ashyoviy dalil bilan qo‘lga olinib, ularga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Futzal. O‘zbekistonda o‘tadigan jahon chempionatining mezbon shaharlari bilan tanishing (video) 19 apr, 16:32 0
  • Toshkent viloyatida jahl ustida mijozining sochini kalga olib tashlagan sartarosh uzr so‘radi (video) 19 apr, 16:09 0
  • 2024-2025 o‘quv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi 19 apr, 13:11 66
  • Hokim yordamchilari Xitoyning kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tajribasini o‘rganishni boshladi 19 apr, 12:49 61
  • O‘zbekistonda birinchi luks sayyohlik poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi 19 apr, 12:00 186
  • Telegram orqali soxta havola jo‘natib, o‘zgalar kartasidagi pulni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi 19 apr, 10:44 99
  • So'nggi yangiliklar
  • Stavropol o‘lkasida harbiy samolyot quladi (video) 19 apr, 15:48 20
  • Tramp: “Ukrainaning omon qolishi AQSH uchun ham muhim” 19 apr, 15:37 62
  • Shomurodovning ustoziga maxsus mukofot topshirildi 19 apr, 13:57 110
  • Abbosbek Fayzullayev ushbu reytingda peshqadam! 19 apr, 13:30 169
  • 2024-2025 o‘quv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi 19 apr, 13:11 66
  • Hokim yordamchilari Xitoyning kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tajribasini o‘rganishni boshladi 19 apr, 12:49 61
  • AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin 19 apr, 12:23 202
  • O‘zbekistonda birinchi luks sayyohlik poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi 19 apr, 12:00 186
  • Rossiyada amaldorlarning xorijga chiqishiga cheklovlar kuchaytirilmoqda 19 apr, 11:36 68
  • Ozarbayjon Eronga qarshi hujumda foydalanish uchun Isroilga aerodromlarini topshirdi 19 apr, 11:09 385
  • Telegram orqali soxta havola jo‘natib, o‘zgalar kartasidagi pulni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi 19 apr, 10:44 99
  • “Bayer” klubi mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha rekord o‘rnatdi 19 apr, 10:24 120
  • Bo‘limlar