“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2024, 16:06
ЎЗO‘Z

Dunyodagi eng qimmatbaho taqinchoqlar (foto)

27 apr, 10:19 28 950 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Dunyodagi eng qimmatbaho taqinchoqlar (foto) «Asl go‘zallik» ortidan quvib, davlatmandlar, kolleksionerlar va Gollivud xonimlari qimmatbaho zargarlik buyumlarini xarid qilishdan toymaydi. Sizni ular orasidan eng qimmatbaholari bilan tanishtiramiz.

Mouawad’dan L’Incomparable marjoni — 55 million dollar
Marjon 637 karatli bo‘lib, turli shakllardagi 91 ta brilliantdan iborat, ular 18 karatli pushti oltin bilan hoshiyalangan. Taqinchoq markazida dunyodagi eng yirik to‘q sariq rangli olmos joylashgan, uning og‘irligi 407 karatga teng.

201 Carat Chopard soati — 25 million dollar

Shveysariya zargarlik uyi yaratgan ingichka va nafis soat yagona nusxada bo‘lib, noyob va qimmatbaho zargarlik buyumlariga kiradi. Oq tilladan yasalgan bilaguzukni 874 ta rangli qimmatbaho toshlar bezab turadi. Unga faqat asl brilliantlar qadalgan.

Beyonsening nikoh uzugi — 5 million dollar

Qo‘shiqchi Beyonsega turmush o‘rtog‘i Jey Zi 2007 yilda asl qirollik unashtiruv uzugini sovg‘a qilgan edi. Buyurtmani zargar dizayner Lorreyn Shvars yasagan. Brilliantning o‘lchami 18 karatga teng, uning narxi esa taxminan 5 million dollarga baholanmoqda.

Ana Khouri’dan oltin tiara — 20 400 dollar

Arzonroq bo‘lishiga qaramay, yulduzlar va modellar orasida ommabop bo‘lgan zargarlik buyumlari ham bor. Masalan, 18 karatli oltindan yasalgan original va zamonaviy tiara. Uning muallifi, dizayner Ana Xurining ilk mashhur mijozlaridan biri Madonna bo‘lgan.

Ana Khouri’dan tilla soch to‘g‘nog‘ichi — 17 200 dollar

18 karatli oltin soch to‘g‘nog‘ich Ana Khouri’ning «Oltin yaproq» liniyasiga kiradi. Bilaguzuk, brilliant marjon, munchoq va zirakdan iborat butun liniya 100 ming dollarga tushadi.

Manba: «Daryo»




Mavzuga oid yangiliklar
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 186
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 286
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 157
  • Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi 18 apr, 12:22 278
  • Yulduzlar parhezi: tez ozdiradigan uchta ziravor 17 apr, 17:00 145
  • Qulupnayning siz bilmagan 10 ta foydali xususiyati 17 apr, 07:41 171
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston va Britaniya TIV rahbarlari hamkorlik to‘g‘risida ikkita hujjat imzoladi 23 apr, 16:00 0
  • Rossiya dronlari Odessaga hujum qildi: 9 kishi jarohat oldi 23 apr, 15:26 24
  • Amerika Urushni o‘rganish instituti: Rossiya Xarkiv aholisini shahardan qochishga majburlamoqchi 23 apr, 14:36 43
  • Soliq qo‘mitasi qancha ayol taksichilik bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi 23 apr, 14:14 42
  • Jizzax viloyatidagi maktablarning birida o‘quvchilar «feodalcha» jazolandi 23 apr, 13:52 53
  • Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron O‘zbekistonga keldi 23 apr, 13:18 31
  • Ashurmatovning haydalishi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda 23 apr, 12:51 330
  • Denovdan Toshkentga qarab «yo‘lga chiqqan» sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:31 43
  • Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:08 24
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 35
  • Yevrokomissiya TikTok'ga nisbatan ikkinchi tekshiruvni boshladi 23 apr, 11:23 26
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston bugun guruh g‘olibligi uchun o‘ynaydi 23 apr, 11:08 181
  • Bo‘limlar