“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 00:11
ЎЗO‘Z

Afg‘onistondagi harbiy bazaga uyushtirilgan hujum qurbonlari soni 170 nafarga etdi

24 apr, 10:10 7 080 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Afg‘onistondagi harbiy bazaga uyushtirilgan hujum qurbonlari soni 170 nafarga etdi "Tolibon" radikal guruhi jangarilarining 21 aprel, juma kuni Afganistoning Balx viloyatidagi harbiy bazaga uyushtirgan hujumi oqibatida halok bo‘lgan harbiylar soni 170 nafarga etdi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.

Avvalroq Afg‘oniston mudofaa vazirligi hujum oqibatida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar soni 100 nafardan, OAV esa qurbonlar 130 nafardan ko‘proq ekanligini ma’lum qilgandi.

Nashrning ta’kidlashicha, ushbu hujum toliblar Afg‘onistonda hokimiyatdan chetlashtirilgan 2001 yildan beri sodir etgan eng qonli hujum bo‘ldi.

Mahalliy va xorijiy hukumatlar vakillari Afg‘oniston armiyasini jamoatchilikning hukumat institutlariga ishonchiga putur etkazishi mumkin bo‘lgan ushbu voqeani bosdi-bosdi qilishda ayblashdi. Afg‘oniston prezidenti ma’muriyati va armiya qo‘mondonligi bu ayblovlarga izoh berishmagan.

Prezident Ashraf G‘ani hujumga uchragan baza yaqinidagi Mozori-Sharif shahriga tashrif buyurgan, biroq hujum tafsilotlari bo‘yicha hech qanday izoh bermagan. Prezident vakili ushbu masala bo‘yicha harbiylarga murojaat qilishni tavsiya qilgan.

Toliblar baza oldidagi transport vositalaridan birini portlatib, so‘ngra baza hududidagi oshxona va masjidga kirishidan oldin qancha nazorat-o‘tkazish punktini "tozalagani" noma’lumligicha qolmoqda.

Hujumda jarohat olgan harbiylarning aytishlaricha, jangarilarning bazada sheriklari bo‘lishi mumkin. "Tolibon"ning o‘zi esa ushbu hujumni bahorgi hujum oldidan namuna tariqasida amalga oshirganini ma’lum qilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 1
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 27
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 71
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 154
  • Istanbulda terakt sodir etgan suriyalik ayol 1794 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi 26 apr, 20:24 90
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 77
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 48
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 22
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 26
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 56
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 71
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 154
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 111
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 60
  • Dunyoning eng zo‘r bokschisi Krouford nega Madrimovni tanlaganini aytdi 26 apr, 21:28 160
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston final uchun Saudiyadan revansh oldi! (video) 26 apr, 21:20 217
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 71
  • Istanbulda terakt sodir etgan suriyalik ayol 1794 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi 26 apr, 20:24 90
  • Bo‘limlar