“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 16:33
ЎЗO‘Z

Mashina haydashni YouTube'da o‘rganib olgan 8 yoshli bola ota-onasi avtomobilini olib qochib ketdi

13 apr, 18:17 7 829 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mashina haydashni YouTube'da o‘rganib olgan 8 yoshli bola ota-onasi avtomobilini olib qochib ketdi AQShning Ohayo shtatida sakkiz yoshli bola ota-onasiga tegishli mashinani, ular uxlab yotganida olib qochib ketdi. Bolakay mashina haydashni YouTube’dagi videodarslar yordamida o‘rganib olgan. Bu haqda Fox8 kanali xabariga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

Hodisa 9 aprel, yakshanba kuni yuz bergan. Ma’lum bo‘lishicha, bolakay ota-onasiga tegishli mashinani olib qochib, «Makdonalds»ga yo‘l olgan. Uning sakkiz yoshli singlisi esa yukxonada bo‘lgan. Bolakay taxminan uch kilometr masofani, to‘rtta chorraha, temir yo‘lidan o‘tish qismini bosib o‘tgan va bir necha bora burilgan. Guvohlarning ta’kidlashicha, u tezlik rejimiga rioya qilgan va yo‘l belgilariga e’tibor bergan.

Polisiyaga esa o‘sha guvohlardan biri xabar bergan. «U hech nimaga shikast etkazmadi. Bu ajoyib», - deya ta’kidlab o‘tdi polisiya vakili.

Bolakay kafe oynasi yaqinida to‘xtab, chizburger, kartoshka fri va naggetslar buyurtma qilgan. Buyurtmaga esa o‘zi yiqqan pullar orqali to‘lovni amalga oshirgan.

“O‘ylashimcha, ro‘y bergan holatdan yaxshigina xulosa chiqarsa bo‘ladi. Bolalar texnologiyalar sabab yaqinda o‘zlari xohlagan ishni bemalol qila olishlari mumkin bo‘ladi. Bu bolakay haydashni YouTube’da o‘rganib olgan. Aftidan, u besh daqiqali videoni tomosha qilib, buni sinab ko‘rishga qaror qilgan”, - deydi polisiya vakili Jeykob Kyoxler.

Yakunda bolalar voqea joyini ota-onasi bilan birgalikda tark etishgan. Polisiya ularga nisbatan hech qanday ayblov qo‘ymadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 31
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 98
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 104
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 51
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 109
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 53
  • So'nggi yangiliklar
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 9
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 19
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 31
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 160
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 172
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 78
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 97
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 48
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 165
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 104
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 298
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 94
  • Bo‘limlar