“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 14:11
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga davlat tashrifi yakunlandi

06 apr, 10:55 10 575 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga davlat tashrifi yakunlandi Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 4-5 aprel kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi.

Davlat tashrifining asosiy tadbirlari 5 aprel kuni bo‘lib o‘tdi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Moskva shahrining Aleksandr bog‘idagi “Noma’lum askar” yodgorligiga gulchambar qo‘ydi, deb yozadi "Qalampir.uz" nashri.

Shu yilning 3 aprel kuni Sankt-Peterburg metrosida terrorizm harakati sodir etilib, insonlar halok bo‘ldi. Davlatimiz rahbari ular xotirasini yodga olib, shu erdagi “Leningrad – qahramon shahar” yodgorligi poyiga gul qo‘ydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federasiyasi hukumati Raisi Dmitriy Medvedev bilan uchrashdi.

Kremlda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston va Rossiya davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin ikki mamlakat rasmiy delegasiyalari ishtirokida muzokaralarni davom ettirdilar.

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni O‘zbekistonga, Samarqand, Buxoro va Xorazm shaharlarini ziyorat qilishga taklif qildi.

O‘zbekiston delegasiyasining tashrifi arafasida Moskvadagi A.Pushkin nomidagi tasviriy san’at muzeyida mamlakatimizning I.Saviskiy nomidagi davlat san’at muzeyi eksponatlari ko‘rgazmasi ochildi. Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin ushbu ko‘rgazmaga tashrif buyurdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federasiyasiga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha qator muhim hujjatlar imzolandi. O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi Prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Qo‘shma bayonotni imzoladilar. Ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari o‘rtasida hududlararo hamkorlik, mehnat faoliyatini vaqtincha tashkil etish, sog‘liqni saqlash, tibbiyot ta’limi va fani, turizm, qurilish, neft-gaz, konchilik, metallurgiya, bank-moliya, bojxona, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalardagi aloqalarni rivojlantirishga doir hujjatlar imzolandi.

Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda muzokaralar ochiqlik, o‘zaro ishonch va amaliy ruhda o‘tganini ta’kidladilar. Tashrif asnosida erishilgan kelishuvlar, imzolangan 16 milliard dollarlik 50 dan ortiq hujjat O‘zbekiston va Rossiya taraqqiyotiga, ikki mamlakat xalqlarining farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Prezidentimizning davlat tashrifi va uning doirasidagi tadbirlar Rossiya teleradiokanallari, gazetalari, internet nashrlari orqali keng yoritib borildi.

Shu bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga davlat tashrifi yakuniga etdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 78
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 22
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 12
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 129
  • Mutaxassis Toshkent havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalar nima ekanini aytib o‘tdi 23 apr, 21:21 284
  • Bayonot: radar bo‘yicha yangilik noto‘g‘ri talqin qilinmoqda 23 apr, 20:38 162
  • So'nggi yangiliklar
  • Ibrohim Raisiy: “Eronga qayta hujum bo‘lsa, yahudiy davlatidan hech narsa qolmaydi” 24 apr, 13:57 0
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 35
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 78
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 22
  • CNN: AQSHning Ukrainaga yangi harbiy yordami Yevropadagi omborlarda turibdi 24 apr, 11:33 85
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 12
  • Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi 24 apr, 10:46 71
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 129
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 71
  • Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston chorakfinalga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi 24 apr, 09:37 88
  • Eshkak eshuvchilar Parij Olimpiadasiga 5 ta litsenziya qo‘lga kiritishdi 24 apr, 09:09 32
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 387
  • Bo‘limlar