“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 21:48
ЎЗO‘Z

“GM Uzbekistan” kompaniyasi Chevrolet Tracker ni sinovdan o‘tkazad

01 iyun, 21:11 13 170 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“GM Uzbekistan” kompaniyasi Chevrolet Tracker ni sinovdan o‘tkazad GM Uzbekistan kompaniyasi xodimlari O‘zbekiston shaharlari bo‘yicha bir hafta davom etadigan Rally Muynak avtopoygasi davomida Chevrolet Orlando va yangi model – Chevrolet Tracker’ni sinovdan o‘tkazadi, deb xabar bermoqda Kun.uz. Bu haqda kompaniya saytida xabar berilmoqda. Bu loyihadan maqsad O‘zbekiston bo‘ylab avtomobillarda sayohatlarni ommalashtirishdan iborat.

Avtopoyga ishtirokchilari bir hafta davomida Samarqand, Buxoro, Xiva kabi qadimiy shaharlar, Chashma majmuasi va Nurotadagi Aleksandr Makedonskiyning “Nur” qal’asi xarobalari, Qizilqum cho‘li, Aydarko‘l qo‘li va yurtimizning boshqa ko‘plab qiziqarli joylariga tashrif buyuradi. Avtosayohatchilarni yo‘lda Ayoz-Qal’a qo‘rg‘oni, Amudaryodan kechuv hamda ko‘pchilik sayyohlarning orzusi bo‘lgan ekzotik shahar Mo‘ynoq kutmoqda.

Ushbu loyihada 4 avtomobilda 9 kishi ishtirok etadi. Avtopoygada yurtimiz avtosanoati vakillari ham ishtirok etmoqdalar. “GM Uzbekistan” xodimlari qolgan ishtirokchilar barobarida avtpoygada ishtirok etishlari bilan birga Chevrolet Orlando va kompaniyaning yangi modeli – Chevrolet Tracker ni sinovdan o‘tkazadi.

“Yaqinda bizning zavodimiz Chevrolet Tracker modelini oldi va avtopoygada biz bu modelni sinovdan o‘tkazishni rejalashtirmoqdamiz. Bizning vazifamiz yangi Chevrolet Tracker va Chevrolet Orlando modellarining murakkab sharoitlarda o‘zlarini qanday tutishini aniqlashdan iborat. Biz avtomobillarni chang, qum sharoitida hamda yuqori haroratda uzoq masofaga yurishda sinovdan o‘tkazamiz, benzin adaptasiyasiga e’tiborni qaratamiz, safar yakunidan keyin hisobot tayyorlaymiz. Shu tariqa, bu mashinani chiqarishdan avval uni bizning bozorga moslashtira olamiz”, deb aytmoqda “GM Uzbekistan” kompaniyasining sport bo‘linmasi rahbari Sherzod Jumaev.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 359
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 198
  • Ekspertlar: elektromobillar arzonlashib ketadi 03 apr, 08:16 532
  • Avtomobillarni davlat ro‘yxatida o‘tkazish stavkalari oshdi 31 mar, 22:28 645
  • Kimlarga yashil stiker tekshiruvlarsiz beriladi? 30 mar, 19:19 371
  • UzAuto Motors avtomobillaridan biriga shartnoma berishni boshlaydi 28 mar, 18:02 263
  • So'nggi yangiliklar
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 0
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 2-turda Iroqni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi 19 apr, 20:41 0
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 0
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 1
  • Iborohimhalil Yo‘ldoshev: "Janubiy Koreya va Yaponiya terma jamoalari Osiyo kubogida favorit" 19 apr, 19:13 14
  • Shomurodov qaytgach «Yuve»dan ko‘proq ochko yig‘ayotgan «Kalyari». «Inter»dan keyin «Yuve» ham to‘xtatiladimi? 19 apr, 18:48 48
  • Isroil Madrimov mutlaq chempion Terens Kroufordga qarshi ringga ko‘tarilishi mumkin 19 apr, 18:28 26
  • G‘azodagi urush Isroil iqtisodiyotiga qanday ta’sir qildi? 19 apr, 18:00 97
  • Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega? 19 apr, 17:33 180
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 45
  • Toshkentda bolalarning qo‘liga igna va “samorez” sanchgan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 19 apr, 16:48 47
  • Futzal. O‘zbekistonda o‘tadigan jahon chempionatining mezbon shaharlari bilan tanishing (video) 19 apr, 16:32 147
  • Bo‘limlar