“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2024, 19:43
ЎЗO‘Z

Xolesterinni dori vositalarisiz pasaytirishning oddiy usullari

03 apr, 18:10 9 561 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xolesterinni dori vositalarisiz pasaytirishning oddiy usullari Xolesterin organizmga sog‘lom hujayralar, ba’zi gormonlar, hujayra membranalari va D vitaminini ishlab chiqarish va boshqa funksiyalar uchun zarurdir. Biroq bu jarayonlarning barchasi uchun cheklangan miqdordagi xolesterin kerak bo‘ladi. U me’yordan ko‘p bo‘lganda esa yurak-qon tomir kasalliklari xavfi oshadi. "Ortodoks" tibbiy portali dori vositalarisiz xolesterinni pasaytirishning oddiy usullari bilan bo‘lishdi.

Sog‘lom parhez

Eng avvalo, taomnomangizni qayta ko‘rib chiqing.

Qaysi mahsulotlarga YO‘Q deyish kerak? Yuqori miqdordagi trans-yog‘larga boy mahsulotlarga. Ular "yaxshi xolesterin"ning pasayishiga olib keladi va shu tariqa yurak-qon tomir kasalliklari xavfini sezilarli darajada oshiradi.

Qaysi mahsulotlarga HA deyish kerak? Kletchatkaga boy mahsulotlarga. U "yomon xolesterin"ni yo‘q qilib, organizmga gubka kabi ta’sir qiladi. Bular - mevalar, sabzavotlar va kepakli mahsulotlar. Sog‘lom yog‘larni rad etmang. Siz ularni yong‘oqlar, bodom yog‘i, kunjut va zig‘ir urug‘larida topishingiz mumkin.

"Yomon xolesterin" miqdorini pasaytirishda Omega-3 yog‘ kislotalariga boy mahsulotlar ham katta foyda beradi. Ular yog‘li baliqlar (losos, tunes va sardin)da ko‘p bo‘ladi.

Faollik — salomatlik garovi

Hatto oddiy mashqlar ham, masalan, tez yurish xolesterin miqdorini boshqarishga yordam beradi. Jismonan faol kishilarda “yaxshi xolesterin” nofaol hayot tarzini olib boruvchilarga nisbatan taxminan 5 foizga ko‘p bo‘ladi.

Zararli odatlaringizdan voz keching

Agar siz xolesterinni dori vositalarisiz pasaytirishni istasangiz, u holda spirtli ichimliklar iste’molini cheklang. Xolesterin miqdori anomal ravishda ko‘p bo‘lishiga yana bir sabab - chekish. Bu zararli odat “yaxshi xolesterin” darajasining pasayishiga olib keladi va diabet hamda qon bosimining oshishi kabi kasalliklar xavfini oshiradi. Mutaxassislarning aniqlik kiritishicha, inson chekishni tashlaganida uning "yaxshi xolesterini" ko‘payadi.

Bularning barchasi - sog‘liqni yaxshilashning eng oddiy usullari. Odatlar va turmush tarzini o‘zgartirish nafaqat xolesterin darajasini pasaytirishga, balki umumiy salomatlikni yaxshilashga ham yordam beradi.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 192
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 291
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 158
  • Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi 18 apr, 12:22 279
  • Yulduzlar parhezi: tez ozdiradigan uchta ziravor 17 apr, 17:00 146
  • Qulupnayning siz bilmagan 10 ta foydali xususiyati 17 apr, 07:41 171
  • So'nggi yangiliklar
  • SSKA afsonasi Akinfeyev Fayzullayevga nega tanbeh berdi? 23 apr, 18:58 0
  • Andijonda bolalar aravachasiga yashirilgan minglab qo‘rg‘oshin o‘qlari to‘xtatib qolindi 23 apr, 18:32 0
  • Xitoyda poraxo‘r amaldorlarni qidirish bo‘yicha “Tulki ovi” operatsiyasi boshlandi 23 apr, 18:29 0
  • Botir Qodirov Shohjahon va Zohirshoh Jo‘rayevlarni nima uchun sudga bergani ma’lum bo‘ldi 23 apr, 18:26 1
  • Uzcard va Humo terminallari integratsiyasi test rejimida ishga tushirildi 23 apr, 16:31 29
  • O‘zbekiston va Britaniya TIV rahbarlari hamkorlik to‘g‘risida ikkita hujjat imzoladi 23 apr, 16:00 24
  • Rossiya dronlari Odessaga hujum qildi: 9 kishi jarohat oldi 23 apr, 15:26 88
  • Amerika Urushni o‘rganish instituti: Rossiya Xarkiv aholisini shahardan qochishga majburlamoqchi 23 apr, 14:36 135
  • Soliq qo‘mitasi qancha ayol taksichilik bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi 23 apr, 14:14 82
  • Jizzax viloyatidagi maktablarning birida o‘quvchilar «feodalcha» jazolandi 23 apr, 13:52 80
  • Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron O‘zbekistonga keldi 23 apr, 13:18 37
  • Ashurmatovning haydalishi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda 23 apr, 12:51 453
  • Bo‘limlar