“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 05:02
ЎЗO‘Z

​Markaziy bank nima sababdan dollarning kursi tez suratlarda o‘sayotganligi haqidagi savolga javob berdi

28 mar, 15:59 11 702 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
​Markaziy bank nima sababdan dollarning kursi tez suratlarda o‘sayotganligi haqidagi savolga javob berdi 28 martdan e’tiboran Markaziy bank xorijiy valyutaning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Bugundan 1 AQSh dollari yana 46,91 so‘mga oshib, 3595,02 so‘mni tashkil qildi. 1 evro 83 so‘mga oshib, 3883.95 so‘mni tashkil qildi.

2 hafta oldin dollar o‘zining 3,5 ming so‘mlik qiymatni qayd etgandi.

“Darakchi plyus” tahririyati Markaziy bankka rasmiy murojaat qilib, AQSh dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan sezilarli darajada oshib borayotganligi sabablari bilan qiziqdi. Bu haqda «Darakchi.uz» xabar bermoqda.

Markaziy bank matbuot xizmatining javoblarida keltirilishicha, “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunning 15-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasini sotib olish va sotish bo‘yicha operasiyalar milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan chet el valyutasiga bo‘lgan talab hamda taklifning joriy nisbati asosida shakllanadigan almashuv kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, biz dollar kursi o‘sishda davom etish yoki etmasligi hamda qancha foizga oshishi haqida qiziqdik.

“So‘mning xorijiy valyutalarga nisbatan ayirboshlash kursining kelgusidagi dinamikasi talab va taklif, to‘lov, xususan tashqisavdo balansi, inflasiyaning maqsadli parametrlari, mamlakatlardagi iqtisodiy vaziyatdan kelib chiqib – asosiy savdo hamkorlar, jumladan ularning valyuta kurslariga qarab belgilanadi”.

“Ayni damda valyuta siyosatini liberalizasiya qilish hamda bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari asosida takomillashtirishni tartibga solish bo‘yicha normativ hujjatlar loyihasi ishlab chiqilmoqda”, - deya ta’kidlanadi MB javobida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 83
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 210
  • O‘zbekistonda 1 gramm oltin narxi 1 mln so‘mdan oshdi 17 apr, 19:48 131
  • Dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 16 apr, 18:57 109
  • O‘zbekistonda xususiy mulk va mulkdorlar huquqlari himoyasi kuchaytiriladi 16 apr, 08:14 73
  • Xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 15 apr, 19:30 213
  • So'nggi yangiliklar
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 25
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 40
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 68
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 192
  • Chasiv Yar ham xavf ostida. Bu shaharni yo‘qotmaslik Ukraina uchun nega bunchalik muhim? 19 apr, 23:23 114
  • Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston hududida joylashgan Barak eksklavi aholisini ko‘chirishni yakunladi 19 apr, 22:56 192
  • Germaniya va Polsha aviakompaniyalari Tel-Avivga reyslarni bekor qildi 19 apr, 22:30 41
  • «Ko‘z o‘ngimizdagi haqiqat». Alonso qaysi jamoani tanlagan? 19 apr, 22:00 74
  • Dubayda 50 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qolib ketgani aniqlandi 19 apr, 21:30 95
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 59
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 2-turda Iroqni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi 19 apr, 20:41 143
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 61
  • Bo‘limlar