“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 20:38
ЎЗO‘Z

AQSh kompaniyalari YouTube sahifalaridagi reklamalardan voz kechmoqda

26 mar, 19:36 5 243 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
AQSh kompaniyalari YouTube sahifalaridagi reklamalardan voz kechmoqda Amerikaning salqin ichimliklar ishlab chiqaruvchi Pepsi xoldingi, mamlakatning eng yirik chakana savdo tarmog‘i – Walmart kompaniyasi va mashhur Starbucks qahvaxonalar tarmog‘i YouTube videoxizmatida reklamalar joylashtirmaslik aksiyasiga qo‘shilganlarini e’lon qilishdi. Bunga ekstremistlarga doir videolavhalar bilan bog‘liq mojarolar sabab bo‘ldi, deb yozadi Kun.uz nashri.

"Biz ayrim reklama roliklarimiz zo‘ravonlik va ko‘rolmaslik kabilarni targ‘ib qiluvchi videolar orasida namoyish etilganidan afsusdamiz", - deyiladi Pepsi xabarida. Unda aytilishicha, bu kompaniyaning "asosiy qadriyatlariga ziddir".

"Bizlarni biriktirib qo‘ygan lavhalar dahshatlidir va kompaniya obro‘siga mos kelmaydi", - deb ta’kidlashgan Walmart kompaniyasida.

Starbucks ham vaqtincha YouTube saytida reklama joylashtirishdan bosh tortishini ma’lum qildi.

Avvalroq, bir necha kompaniyalarning YouTube saytidagi reklama roliklari ekstremist kayfiyatdagi lavhalar bilan birga namoyish etilgani haqida shov-shuvli xabarlar paydo bo‘ldi. Shundan so‘ng, bir necha yirik kompaniyalar Google internet-gigantiga tegishli YouTube sayti bilan bu borada hamkorlik qilishdan bosh tortdi.

Ular orasida Amerikaning Verizon va AT&T telekommunikasiya kompaniyalari, kosmetika va tibbiy anjomlar ishlab chiqaruvchi Johnson & Johnson, shuningdek, Buyuk Britaniyaning Royal Bank of Scotland, HSBC va Lloyds banklari bor.

Google, o‘z navbatida, reklama qanday joylashtirilishi bo‘yicha nazoratni kuchaytirish borasida qo‘shimcha choralar ko‘rilishiga va’da berdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 71
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 55
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 51
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 488
  • Uzcard va Humo terminallari integratsiyasi test rejimida ishga tushirildi 23 apr, 16:31 82
  • Ichki ishlar organlari o‘z faoliyatida dronlardan foydalanishni boshlaydi 22 apr, 17:33 80
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 1
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 8
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 11
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 18
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 72
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 46
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 40
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 123
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 128
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 134
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 67
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 143
  • Bo‘limlar