“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 16:54
ЎЗO‘Z

Nima uchun erkaklar sarimsoqpiyozni ko‘proq tanovul qilishadi?

16 mar, 08:19 10 937 ---
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nima uchun erkaklar sarimsoqpiyozni ko‘proq tanovul qilishadi? Sarimsoqpiyoz hidi — ushbu o‘simlik borasida umumiy qarash paydo bo‘lmaganining asosiy sababidir. Oshpazlar sarimsoqni yaxshi ko‘rishadi va uni deyarli barcha taomga qo‘shish tarafdoridirlar. Ammo, jamoatchilik fikri, uning hidi tufayli turlicha ekani barchaga yaxshi ma’lum.

Biroq, ayrim kishilarni sarimsoqpiyoz hidi o‘ziga tortishi ham mumkin ekan. Tadqiqotlar natijalari ko‘plab ayollar yengilgina sarimsoq hidi kelib turgan erlarini yoqtirishini ko‘rsatmoqda. Quyida buning sababiga oydinlik kiritamiz.

Shotlandiyadagi Stirling universiteti olimlarining tadqiqoti bu borada inqilob yasadi. Unga ko‘ra, ayollarning aksariyati sarimsoqpiyoz hidini sog‘lom er hidiga qiyoslashar ekan. Agar sarimsoqning kuchli antibiotik xususiyatlari e’tiborga olinadigan bo‘lsa, bu fikr unchalik ham noto‘g‘riga o‘xshamaydi.

42 nafar erkakdan iborat tajriba guruhi xom sarimsoq donalarini iste’mol qilib, qo‘ltig‘i ostida salfetka olib yurishgan. Ularning ter namunalarini esa, 82 ayolga hidlatishgan va yoqimli, o‘ziga tortuvchi, erlikni ta’kidlovchi va o‘tkirligi jihatidan baholash so‘ralgan.

Natijalar esa kishini hayratga solishi shubhasiz. Ko‘p hollarda xom sarimsoq egan erkaklarning ter hidi sarimsoq piyoz emagan erkaklarga qaraganda ayollarga ko‘proq ma’qul kelgan. Erkak qanchalik ko‘p ushbu piyozdan tanovul qilsa, uning hidi shunchalik o‘tkirlashgan, teridagi feromonlar aralashmasi yuqori ko‘rsatkichga etgan.

Kimyodan ma’lumki, sarimsoq tarkibida oltingugurtli vodorod va rux bo‘lib, bu moddalar erkak jinsining kimyoviy o‘ziga xosligini belgilovchi testosteron moddasini ishlab chiqarishda muhim o‘rin tutadi. Uning asosini tashkil etadi.

Bunday g‘aroyib natijalarni ayollarga ko‘proq sog‘lom erkaklar yoqishi bilan izohlash mumkin. Sarimsoqpiyoz esa sabzavotlar orasidagi eng sog‘lomi hisoblanadi.

Umuman, xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, sarimsoq shundoq ham afrodiziak hisoblanadi. Uning tarkibida qon quyilishini ko‘paytirish xususiyatiga ega allisin moddasi mavjud. Bu shuni anglatadiki, tez orada sarimsoqpiyoz negizida mahalliy ta’sir kuchiga ega spreylar ishlab chiqarilsa, ajab emas.

Manba: Sof.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shirinliklar yuz terisiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 19 apr, 07:30 78
  • Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi 18 apr, 22:11 303
  • Shifokor tavsiyasisiz qabul qilib bo‘lmaydigan 3 xil vitamin 18 apr, 16:23 130
  • Ichimlik sodasining qanday zarari bor va uning o‘rniga nimadan foydalanish mumkin? 17 apr, 14:00 127
  • Soch to‘kilishini bartaraf etadigan 8 ta mahsulot 16 apr, 23:07 106
  • Bahorda tez-tez iste’mol qilish tavsiya etiladigan temir moddasiga boy mahsulotlar 09 apr, 20:53 227
  • So'nggi yangiliklar
  • Stavropol o‘lkasida harbiy samolyot quladi (video) 19 apr, 15:48 20
  • Tramp: “Ukrainaning omon qolishi AQSH uchun ham muhim” 19 apr, 15:37 62
  • Shomurodovning ustoziga maxsus mukofot topshirildi 19 apr, 13:57 110
  • Abbosbek Fayzullayev ushbu reytingda peshqadam! 19 apr, 13:30 169
  • 2024-2025 o‘quv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi 19 apr, 13:11 66
  • Hokim yordamchilari Xitoyning kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tajribasini o‘rganishni boshladi 19 apr, 12:49 61
  • AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin 19 apr, 12:23 202
  • O‘zbekistonda birinchi luks sayyohlik poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi 19 apr, 12:00 186
  • Rossiyada amaldorlarning xorijga chiqishiga cheklovlar kuchaytirilmoqda 19 apr, 11:36 68
  • Ozarbayjon Eronga qarshi hujumda foydalanish uchun Isroilga aerodromlarini topshirdi 19 apr, 11:09 385
  • Telegram orqali soxta havola jo‘natib, o‘zgalar kartasidagi pulni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi 19 apr, 10:44 99
  • “Bayer” klubi mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha rekord o‘rnatdi 19 apr, 10:24 120
  • Bo‘limlar